Joriy yilning 15-mart kuni Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Gulnora Raximova hamda Osiyo Taraqqiyot bankining (OTB) O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy vakolatxonasi direktori Enriko Pinali boshchiligidagi delegatsiya vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muhokamada Davlat – xususiy sheriklikni rivojlantirish va davlat funksiyalarini qisqartirish departamenti direktori o‘rinbosari Zokir Bozorov, mehmonlar tomonidan OTBning Davlat-xususiy sheriklik (DXSh) bo‘yicha maslahat bo‘limi direktori Takeo Koike, DXSh bo‘yicha mutaxassislar Daval Jamb, Mibo Axn, Karolin Jolin San hamda DXSh bo‘yicha kordinatorlar Botogas Vaissova, Baxodir Axmedov ishtirok etishdi.
Gulnora Raximova, Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari
Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Gulnora Raximova tomonidan mehmonlarga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni davom ettirish maqsadida “Inson qadri uchun” tamoyiliga asoslangan 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini faol amalga oshirish yuzasidan ma’lumot berildi.
Uchrashuv kun tartibidagi asosiy mavzusi Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan DXSh loyihalari bo‘ldi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi DXShlarni rivojlantirish departamenti va OTB bilan hamkorlikda 12 ta DXSh loyihasini turli bosqichlarida amalga oshirilmoqda. Ulardan energetika sohasida– 4 ta; sog‘liqni saqlash sohasida – 1 ta; kommunal xizmatlarda– 4 ta; ta’lim – 2 ta va ekologiya sohasida – 1 ta loyiha.
Takeo Koike, OTBning DXSh bo‘yicha maslahat bo‘limi direktori
O’tgan yilgi DXSh loyihalari xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholangani juda muhimdir. Umid qilamizki, bu yil ishlab chiqiladigan loyihalar ham yuqori mukofotlarga sazovor bo’ladi» – dedi OTBning DXSh bo‘yicha maslahat bo‘limi direktori Takeo Koike.
Ma’lumot uchun: 2022-yil, 19-may kuni O‘zbekiston «The Partnerships Awards» “yil targ‘ibotchisi” nominatsiyasida g‘olib bo’lgan.
Shuningdek, OTB vakillari Hukumatga mamlakatning DXSh to‘g‘risidagi qonunini ilg‘or xalqaro tajribaga muvofiq qayta ko‘rib chiqishda va infratuzulmada xususiy sektor ishtirok etishi uchun yanada kuchliroq qulay muhit yaratishda yordam berishga tayyor ekanligini ma’lum etishdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma hamkorlikni davom ettirish va o‘zaro manfaatli loyihalar ko‘lamini kengaytirishga kelishib oldilar.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi