DXSH loyihalari Respublikada yagona DXSh siyosatini yuritadi, loyihalarni ishlab chiqish jarayoniga ko‘maklashadi va muvofiqlashtiradi, tender hujjatlarini hamda DXSh shartnomalarini kelishadi. Ushbu portal yuqori sifatli DXSh loyihalarni izlayotgan potensial investorlar uchun qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan shaffof va markazlashtirilgan tizimdir.
DXSH loyihalari Osiyo Taraqqiyot Banki, Evropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki, Xalqaro Moliya Korporatsiyasi, Islom Taraqqiyot Banki hamda Jahon Bank kabi Xalqaro Moliya Institutlari bilan hamkorlik qiladi. DXSH loyihalarining maqsadi – loyihalarning sifatini va jozibadorligini oshirish, barqarorligini ta’minlash, shuningdek ularni samarali va iqtisodiy tarzda amalga oshirishdir.
DXSH xususiy sektordan kapitalni kiritishni rag'batlantiradi.
DXSH davlat sektorini boshidanoq natijalar va manfaatlarga e’tibor qaratishga majbur qiladi.
DXSH pulning maqbul qiymatini ta'minlaydi.
DXSH innovatsiyalarni rag‘batlantiradi.
DXSH loyihalarni hamyonbop qiladi.
DXSHda xizmatlar sifati hamkorlikning butun davri davomida saqlanishi kerak.
DXSHda har bir xavf uni eng yaxshi boshqara oladigan yoki o'zlashtira oladigan tomonlarga taqsimlanadi.
DXSH hodimlari har qanday sharoitda sizga yordam beradi.
Loyihalarni ishlab chiqish jarayoniga ko‘maklashamiz va muvofiqlashtiramiz, tender hujjatlarini hamda DXSh shartnomalarini kelishib beramiz.
Iltimos, ko'rsatilgan manzilga elektron pochta manzilingizni yuboring va yangilanishlarimizdan xabardor bo'lib turing.
© Mualliflik huquqi 2020-2024 Davlat xususiy sheriklik loyihalari. Barcha huquqlar himoyalangan.