Tez-tez beriladigan savollar

Taklif etilayotgan loyihani aynan DXSh mexanizmlari asosida amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida davlat sherigi muayyan loyihani dastlabki baholashdan o‘tkazadi.
Davlat-xususiy sheriklik loyihasi davlat tashabbuskori va (yoki) xususiy tashabbuskor tomonidan tashabbus qilinishi mumkin.

Davlat tashabbuskori yoki xususiy tashabbuskor tomonidan Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida Nizom 1-ilovaga muvofiq shaklda DXSh loyihasining konsepsiyasi ishlab chiqiladi.

Davlat tashabbuskori yoki xususiy tashabbuskor tomonidan Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida Nizom 2-ilovaga muvofiq shaklda loyihani baholash hujjatini ishlab chiqadi.

Davlat sherigi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishuvga ko‘ra davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni tuzish huquqi bo‘yicha tender g‘olibini aniqlash uchun tender komissiyasini 3 ish kuni mobaynida shakllantiradi.

Vazirlar Mahkamasi davlat sherigi tomonidan shakllantirilgan va taklif etilgan tender komissiyasi tarkibini ko‘rib chiqadi va o‘n kalendar kuni mobaynida tasdiqlaydi.

Umumiy qiymati bir million AQSh dollarigacha bo‘lgan ekvivalentdagi DXSh loyihasi bo‘yicha bir bosqichli tender o‘tkaziladi.
Bir bosqichli tenderni o‘tkazish chog‘ida tender ishtirokchilarining tender hujjatlarida ko‘rsatilgan konseptual qarorlar va shartlar asosida batafsil texnikaviy taklif va tijorat (moliyaviy) takliflari ko‘rib chiqiladi hamda baholanadi. Tenderni tashkil etish jarayonida talabgorlar bilan tender predmetining parametrlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi.

Umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihasi bo‘yicha ikki bosqichli tender o‘tkaziladi, bundan Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida Nizomning 25-bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Tender g‘olibi rasman e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kalendar kuni muddatida tomonlar o‘rtasida DXSh to‘g‘risidagi bitim imzolanishi shart.

DXSh loyihasining konsepsiyasi tasdiqlangandan hamda DXSh to‘g‘risidagi bitim ikki tomonlama imzolangandan keyin uch kalendar kuni mobaynida davlat sherigi rasmiy tartibda uch nusxadan iborat DXSh loyihasining konsepsiyasi, LBH va DXSh to‘g‘risidagi bitimning elektron va qog‘oz ko‘rinishdagi nusxalarini vakolatli davlat organiga DXSh loyihalarining reyestriga kiritish uchun taqdim qiladi.

Taqdim qilingan DXSh loyihasining konsepsiyasi, LBH va DXSh to‘g‘risidagi bitim tikilgan, tartib raqami qo‘yilgan, muhrlangan hamda davlat va xususiy sheriklarning rahbarlari tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak.

DXSh loyihasining konsepsiyasi, LBH va DXSh to‘g‘risidagi bitim to‘liq taqdim qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida vakolatli davlat organi tomonidan hujjatlarning har bir sahifasiga tegishli shtamp (“REYESTRGA OLINDI” belgili shtamp) bosilib, reyestrga kiritiladi, ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda ularning bir asl nusxasi vakolatli davlat organida saqlanadi va ikki asl nusxasi ikki ish kuni mobaynida davlat sherigiga qaytariladi.

DXSh loyihalari reyestrga olingandan so‘ng besh ish kuni mobaynida vakolatli davlat organi va davlat sherigining rasmiy veb-saytiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portaliga (www.data.egov.uz) joylashtiriladi.

Davlat sherigi va vakolatli davlat organi DXSh loyihalari bajarilishining hamda DXSh to‘g‘risidagi bitim shartlariga rioya etilishi nuqtai nazaridan monitoringini amalga oshiradi.

Savol bering

Savol shaklini to'ldiring va yuboring.