Yirik loyihalar

DXSH asosida amalga oshirilgan yirik loyihalar ro‘yhati

Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va fuqarolar hayotini yaxshilashda yirik transport tizimlari yoki energetika inshootlarini qurish kabi yirik davlat-xususiy sheriklik loyihalari muhim o‘rin tutadi.
Toshkent shahri, Qoraqalrog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida gemodializ markazlarini tashkil etish

Toshkent shahri, Qoraqalrog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida gemodializ markazlarini tashkil etish

Tender g‘olibi Hindistonning Nephroplus kompaniyasi

Loyiha bo‘yicha tender g‘olibi bo‘lgan Hindistonning Nephroplus kompaniyasi 2022 yilda Nukus shahri (150 bemor) hamda Xorazm viloyatining Urganch (125 bemor)va Bog‘ot (125 bemor) tumanlaridagi markazlarning faoliyatini boshladi: Loyiha muddati – 10 yil.

Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish

Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish

Tender g‘olibi Fransiyaning “Veolia” kompaniyasi

Loyiha bo‘yicha Fransiyaning “Veolia” kompaniyasi 2022 yil 1 iyuldan o‘z faoliyatini boshladi: Loyiha muddati – 25 yil; Loyiha davrida (30 yil) “Veolia” kompaniyasi tomonidan jami 181 ta inshoot va qozonxonani modernizatsiya qilish, 575,6 km issiqlik tarmoqlarini qurish, 51,5 ming dona issiqlik va 2,5 mln. dona issiq suv o‘lchagichlarni o‘rnatish ishlari olib boriladi.

Namangan shahar kanalizatsiya tozalash inshootini modernizatsiya qilish

Namangan shahar kanalizatsiya tozalash inshootini modernizatsiya qilish

Tender g‘olibi "Metito" kompaniyasi

Loyiha bo‘yicha tender g‘olibi bo‘lgan Metito kompaniyasi bilan 2022 yil 24 fevralda DXSH bitimi imzolandi: Loyiha muddati – 25 yil; Quvvati sutkasiga 100 ming m3 oqova suvlarini tozalanadi va 8 km uzunlikdagi oqova suv tarmoqlari yangidan quriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak tumanida 100 MVt shamol elektr stansiyasini qurish

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak tumanida 100 MVt shamol elektr stansiyasini qurish

Tender g‘olibi "ACWA Power" kompaniyasi

Loyiha muddati - 25 yil, 1 kVt elektr tarifi – 2,56 sent, 110 mingdan ortiq xonadonlar uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlanadi, 25 dan ortiq ilg‘or shamol turbinalari o‘rnatiladi.

Keling, sizga yordam beramiz! Hozir qo'ng'iroq qiling:
Dushanba - Juma
  • 09:00 - 17:00