DIQQАT E’LON! Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!

Oʼzbekiston Respublikasining 2019 yil 10 maydagi “Davlat-xususiy sheriklik toʼgʼrisida»gi OʼRQ-537-son Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 apreldagi “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish toʼgʼrisida”gi 259-sonli qaroriga asosan “BOBURXON BAXT-BARAKA” masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani A.Temur ko ‘chasidagi joylashgan “Madaniyat va istirohat bog‘i” ni davlat-xususiy sheriklik asosida rekostruksiya qilish va foydalanish boʼyicha tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha kontseptsiyasi taqdim etilgan.

Mazkur loyiha, Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani A.Temur ko‘chasida joylashgan “Madaniyat va istirohat bog‘i” faoliyatini qayta takomillashtirish, yangi o‘yingohlar o‘rnatish, dam olish maskaniga keluvchilarni va sayyohlarni madaniy hordiq olishi uchun barcha qulayliklar yaratish rejalashtirilgan.

Tenderda qatnashish uchun tadbirkorlar tomonidan qiziqish bildirish uchun so‘rov va tendr takliflarini 2022 yil 27 mart kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 18.00 gacha topshirilishi kerak.

Qiziqish bildirish uchun soʼrov shakli.

Loyiha haqidagi ma’lumot.

Loyiha kontseptsiyasi.

Qiziqish bildirish uchun soʼrov va tendrlar (takliflar) quyidagi manzillarda qabul qilinadi:

Oʼzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi T.Shevchenko, 1-uy (dxsh.madaniyat@exat.uz).

Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi Toshkent shahar, Sh.Rashidov shox koʼchasi, 16-uy.

E-mail: pppinfo@ppp.mf.uz  AbduvoxidX@ppp.mf.uz Теl: 71-203-03-07 (701).

“DXSh toʼgʼrisida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun soʼrov va tender takliflari olingan taqdirda, Madaniyat vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabusskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender oʼtkaziladi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Matn o'lchami