Hududlarda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilishi to‘g‘risida MAʹLUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi Davlat ekologiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda hududlarda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida joriy qilish yuzasidan quyidagilar amalga oshirildi.

2019-2021 yillarda jami 54 ta davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalari bo‘yicha, ya’ni umumiy qiymati 74,8 mln.dollardan ortiq bo‘lgan loyihalar ustida ishlar olib borildi.

Jumladan:

Buxoroda 1 ta, Namanganda 2 ta, Navoiyda 2 ta, Farg‘onada 8 ta, Xorazmda 3 ta, Samarqandda 1 ta va Toshkent viloyatlarida 2 ta,

jami 19 ta qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida DXSh to‘g‘risidagi bitimlar imzolangan bo‘lib, ishlar boshlab yuborilgan.

Andijon viloyatida 7 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalarining tender jarayonlari yakunlanib, tender g‘oliblari bilan DXSh bitimlari rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Farg‘ona viloyatida 1 tadan, Buxoroda 4 ta, Jizzaxda 3 ta, Sirdaryoda 2 ta, Surxondaryoda 3 ta va Qashqadaryo viloyatlarida 14 ta, jami bo‘lib 28 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha tender jarayonlari davom etmoqda.

Bundan tashqari, 2022-2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarida qattiq maishiy chikindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha jami 38,4 mln.dollar miqdordagi 32 ta loyihalarni davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, 2021 yilning 29-30 sentabr kunlari “Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” mavzusida o‘tkazilgan O‘zbekiston iqtisodiy forumi davomida davlat-xususiy sheriklik asosida umumiy qiymati 300 mln.dollar bo‘lgan Toshkent shahar va Toshkent viloyatida maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini tashkil etish loyihasini Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida amalga oshirish uchun Memorandum imzolandi. Bugungi kunda loyiha hujjatlarini tayyorlash ishlari davom etmoqda.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Matn o'lchami