O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan 2021 yilda amalga oshirilgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari yuzasidan HISOBOT

Agentlik tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan bigalikda 2021 yil davomida jami 183 ta davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalari bo‘yicha, jumladan energetika sohasida 5 ta, kommunal xizmatlar sohasida 2 ta, transport sohasida 1 ta, sog‘liqni saqlash sohasida 19 ta, suv xo‘jaligi sohasida 97 ta, ekologiya sohasida 28 ta, ta’lim sohasida 6 ta, hunarmandchilik sanoati sohasida 13 ta, madaniyat sohasida 8 ta hamda sport, qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari va xuquqni muxofaza qilish sohalarida 1 tadan, ya’ni umumiy qiymati 2,6 mlrd. AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan loyihalar ustida ishlar olib borildi.

Shundan:

  • DXSh to‘g‘risidagi bitimi imzolangan loyihalar soni – 160 ta;
  • DXSh to‘g‘risidagi bitimi imzolanish arafasida bo‘lgan loyihalar soni – 4 ta;

• Tender bosqichida bo‘lgan loyihalar soni – 19 ta;

Ushbu loyihalarni sohalar kesimida tahlil qilinganda:

 Energetika sohasi:

2021 yil davomida energetika sohasida 5 ta loyihalar bo‘yicha ishlar olib borilgan bo‘lib, quyidagi 1 ta loyiha bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan:

– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanida 100 MVt shamol elektr stantsiyasini qurish (Evropa taraqqiyot va tiklanish banki ko‘magida) (loyiha qiymati – 108 mln. AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil; tender g‘olibi taklifidan kelib chiqib aniqlanadi).

Bundan tashqari, Xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘magida 3 ta  va Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida 1 ta  amalga oshirilayotgan DXSh loyihalari bo‘yicha tender savdolari davom etmoqda:

– Buxoro viloyati Olot tumanida 250 MVt quvvatga ega quyosh foto elektr stantsiyasini qurish (loyiha qiymati – 213 mln. AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil);

– Xorazm viloyati Xozarasp tumanida 100 MVt quvvatga ega quyosh foto elektr stantsiyasini qurish (loyiha qiymati – 61 mln. AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil);

– Namangan viloyati Pop tumanida 150 MVt quvvatga ega quyosh foto elektr stantsiyasini qurish (loyiha qiymati – 92 mln. AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil);

– Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida 300 MVt quvvatga ega quyosh foto elektr stantsiyasini qurish (loyiha qiymati – 210 mln. AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil).

2022-2026 yillar davomida energetika sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 9 ta loyihalar bo‘yicha hujjatlar tayyorlash va o‘rganish ishlari davom etmoqda:

– Qoraqalpog‘iston Respublikasida 200 Mvt Shamol elektr stantsiyasini qurish (EBRD Wind II);

– Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 700 Mvt Shamol elektr stantsiyasini qurish (EBRD Wind III);

– Hududlara “Toyota Tsusho” Corp. bilan hamkorlikda 500 MVt shamol elektr stantsiyasini qurish  (240-720 saqlash batareyalari bilan);

– Qashqadaryo viloyatida (Muborak yoki Ko‘kdumaloq tumanida) 300 MVt quyosh fotoelektr stantsiyasini qurish;

– Toshkent shahridagi 4 ta issiqlik elektr stantsiyalarni modernizatsiya qilish va kogeneratsion texnologiyalarni joriy etish (1-bosqich);

– Toshkent shahridagi issiqlik elektr stantsiyalarni modernizatsiya qilish va kogeneratsion texnologiyalarni joriy etish (2-bosqich);

– Jizzax viloyati gaz ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish;

– Toshkent shahar gaz ta’minoti tizimini boshqaruvga topshirish;

– Toshkent shahar elektr energiyasi taqsimot tarmog‘ini boshqaruvga topshirish.

Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi:

2021 yil davomida kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida 2 ta DXSh loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilgan.

Jumladan, 1 ta loyiha bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan:

– Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish loyihasi (loyiha qiymati – 1,4 mln. evro; loyiha muddati – 30 yil) bo‘yicha xususiy tashabbuskor – Frantsiyaning “Veolia” kompaniyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borildi hamda DXSh bitimi 30.09.2021 da imzolandi;

Bundan tashqari yana 1 ta loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda va bugungi kun holatiga ko‘ra ushbu loyiha tenderining g‘olibi aniqlangan va bitim imzolanish arafasida:

– Namangan shahar kanalizatsiya tozalash inshootini modernizatsiya qilish DXSh loyihasi(loyiha qiymati – 90 mln. AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil; tender g‘olibi – Metito komnaniyasi).

2022-2026 yillar davomida kommunal xizmatlar ko‘rsatish sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 4 ta loyihalar bo‘yicha hujjatlar tayyorlash va o‘rganish ishlari davom etmoqda:

– Toshkent shahar oqova tozalash inshootini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish;

– Kashkadaryo viloyati Dexkonobod tumanida ichimlik suvi inshootlari xamda tarmoqlar kurish va ichimlik suvi sifatini yaxshilash;

– Qarshi shahri suv oqova kanalizatsiya tizimini qurish;

– Jizzax va Buxoro viloyatlarida issiqlik ta’minoti tiziminim davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida modernizatsiya qilish.

Transport sohasi:

2021 yil davomida transport sohasida 1 ta yirik davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga bo‘yicha ishlar olib borilgan bo‘lib, ushbu loyiha bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan:

– Samarqand xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish loyihasi (loyiha qiymati – 82,8 mln. AQSh dollari; loyiha muddati – 20 yil). Loyiha kontseptsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021 yil 2 avgust kuni tasdiqlangan. DXSh to‘g‘risidagi bitim 23.09.2021 da imzolandi.

Shuningdek, 2022-2026 yillar davomida transport sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 4 ta loyihalar bo‘yicha hujjatlar tayyorlash va o‘rganish ishlari davom etmoqda:

– Toshkent-Andijon pullik avtomobil yo‘lini qurish:

Mazkur loyiha bo‘yicha dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash (DTIA) xujjati Jahon banki tomonidan ishlab chiqilgan va Hukumatga taqdim etilgan. Hozirgi vaqtda Jahon banki tomonidan loyihaning investitsiyadan oldingi tadqiqoti Texnik-iqtisodiy asoslash (TIA) hujjatini ishlab chiqish chiqish uchun xalqaro maslahatchilarni (konsultantlarni) jalb qilish bo‘yicha ishlar boshlangani haqida ma’lum qilindi.

– Toshkent-Samarqand pullik avtomobil yo‘lini qurish:

ETTB Avstriyaning ILF Consulting Engineers  kompaniyasi bilan birgalikda loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash xujjatini ishlab chiqib 2021 yil 1 iyulda taqdim etishdi. Mazkur xujjat tegishli vazirlik va idoralar tomonidan o‘rganib chiqilmoqda. Keyingi bosqich: to‘liq Texnik-iqtisodiy asoslash hujjatini ishlab chiqish.

– Samarqand va Shahrisabz shaharlari orasidagi 66 kmlik avtomobil yo‘li va Tahtaqoracha dovonida 4,4 kmliktunnel qurish;

– Respublika Xalqaro aeroportlarni modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish (Asos: PQ-4300).

Xalqaro aeroportlarni modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish loyihasi bo‘yicha Jahon banki mutaxassislari o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Sog‘liqni-saqlash sohasi:

2021 yil davomida sog‘liqni saqlash sohasida 19 ta DXSh loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilgan bo‘lib, jami qiymati 30,96 mln AQSh dollari bo‘lgan  17 ta loyiha bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan.

Bundan tashqari, yana 2 ta DXSh loyihasi bo‘yicha DXSh bitimi imzolanishi arafasida.

2022-2026 yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 4 ta loyihalar bo‘yicha hujjatlar tayyorlash va o‘rganish ishlari olib borilmoqda:

– Xalqaro moliya korporatsiyasining maslahat ko‘magida Farg‘ona, Toshkent, Samarqand va Xorazm viloyatlarida ko‘p tarmoqli shifoxona tashkil etish;

– Xalqaro moliya korporatsiyasining maslahat ko‘magida nurli (Radio) terapiya tibbiyot markazi tashkil etish;

– Osiyo taraqqiyot bankining maslahat ko‘magida xududlarda poliklinika va tibbiyot markazlarini tashkil etish;

–  “Samarqand shahar stomatologiya poliklinikasi” DUK negizida stomatologiya markazini tashkil etish.

Suv xo‘jaligi sohasi:

2021 yil davomida suv xo‘jaligi sohasida 97 ta DXSh loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi hamda bugungi kun holatiga umumiy qiymati 9,6 mln AQSh dollari bo‘lgan 97 ta DXSh bitimi imzolangan.

2022-2026 yillar davomida suv xo‘jaligi sohasida amalga oshirish rejalashtirilgan har birining qiymati 1 mln.AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan yana 6 ta DXSh loyihalari bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Ekologiya sohasi:

2021 yil davomida ekologiya sohasida 28 ta DXSh loyiha ustida ishlar olib borilmoqda va umumiy qiymati 21,84mln AQSh dollari bo‘lgan 13 ta loyiha bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan hamda 15 ta loyiha bo‘yicha tender jarayonlari davom etmoqda.

2022-2026 yillar davomida ekologiya sohasida amalga oshirish rejalashtirilgan 8 ta loyiha bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Ular orasida eng muhimi Toshkent shahar va Toshkent viloyatida maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini DXSh asosida boshqarish loyihasidir (loyixa qiymati – 300 mln AQSh dollari).

Ta’lim sohasi:

2021 yil davomida ta’lim sohasida umumiy qiymati 3,24mln AQSh dollari bo‘lgan 6 ta DXSh loyihalarini bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi va ushbu loyihalar bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi.

2022-2026 yillar davomida ta’lim sohasida yana 7 ta loyiha bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda:

– Osiyo taraqqiyot bankining maslahat ko‘magi bilan qiymati tahminan

80 mln.AQSh dollariga teng bo‘lgan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida

16 ta umumta’lim maktablarini DXSh asosida qurish loyihasi;

– Xalqaro moliya korporatsiyasining maslahat ko‘magi yordamida qiymati tahminan 50 mln.AQSh dollariga teng bo‘lgan Respublikada DXSh asosida 15 ta umumta’lim muassasalarini (maktablar) tashkil etish loyihasi;

– Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining maslahat ko‘magi yordamida qiymati tahminan 50 mln.AQSh dollariga teng bo‘lgan Respublikada DXSh asosida 15 ta umumta’lim muassasalarini (maktablar) tashkil etish loyihasi;

– “Delphos International” kompaniyasi ko‘magida hududlarda DXSh asosida 50 ta umumta’lim maktablarini tashkil etish;

– Osiyo taraqqiyot bankining maslahat ko‘magi bilan qiymati tahminan

50 mln.AQSh dollariga teng bo‘lgan Respublikada DXSh asosida 20 ta maktabgacha ta’lim muassasalari (bog‘chalar) tashkil etish;

– Osiyo taraqqiyot bankining maslahat ko‘magi bilan qiymati tahminan

150 mln.AQSh dollariga teng bo‘lgan DXSh asosida 100 ta Oliy ta’lim muassasalari uchun yotoqxonalar tashkil etish loyihasi;

– Samarqand davlat universiteti hududida 350 o‘rinli talabalar turar joyini tashkil etish.

Sport sohasi:

2021 yil davomida sport sohasida quyidagi 1 ta DXSh loyihasi bo‘yicha ishlar olib borildi va bitim imzolandi:

– Xorazm viloyati Urganch shahridagi O‘zbekiston «Yoshlik» jismoniy tarbiya va sport jamiyati Xorazm viloyati mintaqaviy bo‘limining bo‘sh yer maydonida zamonaviy yopiq suv havzasi va sport majmuasini tashkil etish loyihasi (loyixa qiymati – 0,6 mln AQSh dollari).

2022-2026 yillar davomida sport sohasida quyidagi 1 ta DXSh loyihasi bo‘yicha loyihaoldi xujjatlar tayyorlash jarayonidavom etmoqda:

– O‘zbekiston tumani Bolalar va o‘smirlar sport maktabining markaziy o‘yingoxi (futbol standioni)ni rekonstruktsiya qilish  va boshqaruvga berish loyihasi (loyixa qiymati – 2 mln AQSh dollari).

Hunarmandchilik sanoati sohasi:

2021 yil davomida hunarmandchilik sanoati sohasida umumiy qiymati 0,54mln AQSh dollari bo‘lgan sohasida 13 ta DXSh loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi va ushbu loyihalar bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi.

Madaniyat sohasi:

2021 yil davomida madaniyat sohasida umumiy qiymati 4,87mln AQSh dollari bo‘lgan 8 ta DXSh loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi va ushbu loyihalar bo‘yicha 7 ta DXSh bitimi imzolandi va quyidagi 1 ta DXSh loyihasi bo‘yicha bitim imzolanish arafasida:

– Andijon viloyati Baliqchi tumani «Bolalar madaniyat va istirohat bog‘i»ni DXSh asosida rekonstruktsiya qilish va jixozlash loyihasi(loyixa qiymati – 2 mln AQSh dollari).

Axborot texnologiyalari sohasi:

2021 yil davomida axborot texnologiyalari sohasida 1 ta DXSh loyihasi bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan:

– «CPRT TURON» MChJ tomonidan tashabbus qilingan markirovkalarni monitoring qilish va mahsulotni kuzatish bo‘yicha milliy axborot tizimini yaratish, ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat ko‘rsatish DXSh loyihasi (loyihaning dastlabki qiymati – 20 mln. AQSh dollari) bitimi 29.12.2020y da imzolandi.

Qishloq xo‘jaligi sohasi:

2021 yil davomida qishloq xo‘jaligi sohasida 1 ta DXSh loyihasi bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan:

– «Xorazm baliq sanoat agro» MChJ tomonidan tashabbus qilingan Toshkent viloyati Yangi yo‘l tumanidagi Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutda nasilchilikni rivojlantirish kompleksini tashkil etish DXSh loyihasi (loyihaning dastlabki qiymati – 4,72 mln. AQSh dollari).

Huquqni muxofaza qilish sohasi:

2021 yil davomida huquqni muxofaza qilish sohasida 1 ta DXSh loyihasi bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan:

– Navoiy viloyati prokuraturasi faoliyatini rivojlantirsh uchun infratuzilma ob’ektlarini DXSh shartlari asosida qurish loyihasi (loyiha qiymati – 3 mln. AQSh dollari; loyiha muddati – 3 yil).

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Matn o'lchami