Transport sohasidagi DXSh loyihalari haqida ma’lumot
Agentlik tomonidan joriy yilda mas’ul vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda transport sohasida 1 ta davlat-xususiy sheriklik loyihasi bo‘yicha bitim imzolandi. Bu “Samarqand xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish” loyihasi bo‘lib, loyiha qiymati – 82,8 mln AQSh dollari, muddati – 20 yilni tashkil etadi. Shuningdek, 2022-2026 yillar davomida transport sohasida yana 4 ta DXSh loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bular, “Toshkent-Andijon avtomobil yo‘lini qurish”, “Toshkent-Samarqand avtomobil yo‘lini qurish”, “Samarqand-Shahrisabz yo‘lidagi Tahtaqoracha dovonida tunnel qurish” hamda “Respublika Xalqaro aeroportlarini modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish” loyihalaridir.
Yangi sharhlar