Manba: VMQ-709-son, 24.11.2021 y

“Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori (709-son qarori 24.11.2021– y.) mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan ANNOTATSIYA

Qarorga bilan:

Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi belgilandi. Unga koʻra:

Har yili 1-noyabrgacha hokimliklar dehqonchilik tashkil qilish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish loyihalarini tayyorlab, koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining navbatdan tashqari sessiyasiga kiritadi.

Sessiyada maʼqullangan loyihalar Davlat kadastrlari palatasi tomonidan kelishi uchun “Oʻzdaverloyiha” institutiga yuboriladi.

 Jismoniy va yuridik shaxslar boʻsh yerlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ochiq tanlovga qoʻyish yuzasidan “E-IJARA” tizimiga takliflar kiritishi mumkin. Bunda takliflar 5 ish kunida oʻrganilib kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun hokimliklarga yuboriladi yoki taklif rad etiladi.

 “Oʻzdaverloyiha” instituti yerni joyiga chiqqan holda oʻrganadi va yer tuzish loyihasini tayyorlaydi.

Loyiha vakolatli organlar bilan kelishiladi va hokim tomonidan loyiha tasdiqlanib “Oʻzdaverloyiha” instituti tomonidan “E-IJARA” tizimi orqali “E–AUKSION” platformasiga yuboriladi.

Ochiq tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlar:

  • “E–AUKSION” orqali ariza yuboradi;
  • BHMning 1 baravari miqdoridagi zakalatni maxsus hisobga kiritadi (“daftar”larga kiritilganlardan zakalat talab qilinmaydi).

Tanlov talabgorlarining roʻyxati, tanlov takliflari va ularga berilgan ballar tanlov kuni soat 10:00 da eʼlon qilinadi.

Talabgorlarni baholash mezonlari:

  • ular tomonidan yaratiladigan ish oʻrni
  • kredit tarixi
  • mutaxassisligi
  • oʻz yeridan foydalanayotganligi
  • ishsiz oila aʼzolari soni
  • “daftar”larga kiritilganligi

Eng koʻp ball olgan talabgor gʻolib boʻladi, 2 ta talabgor bali teng boʻlganida birinchi ariza bergan gʻolib boʻladi.

Gʻolibga shartnomani imzolash uchun 5 ish kuni beriladi va 3 ish kunida gʻolibga yerning aniq chegaralari belgilab beriladi.

Qarorga bilan:

Yuridik shaxslarga qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berish belgilandi. Unga koʻra:

 Hokimliklar har yili 1-noyabrgacha dehqonchilik tashkil qilish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish loyihalarini tayyorlaydi va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining navbatdan tashqari sessiyasiga kiritadi.

Sessiyada maʼqullangan loyihalar Davlat kadastrlari palatasi tomonidan kelishi uchun “Oʻzdaverloyiha” institutiga yuboriladi.

Talabgorlar boʻsh yerlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ochiq tanlovga qoʻyish yuzasidan “E-IJARA” tizimiga takliflar kiritishi mumkin.

“Oʻzdaverloyiha” instituti yerni joyiga chiqqan holda oʻrganadi va yer tuzish loyihasini tayyorlaydi.

Loyiha vakolatli organlar bilan kelishiladi va hokim tomonidan loyiha tasdiqlanib “Oʻzdaverloyiha” instituti tomonidan “E-IJARA” tizimi orqali “E–AUKSION” platformasiga yuboriladi.

Yerlar quyidagi hajmlarda ijaraga beriladi:

  • sabzavot-polizchilik, bogʻdorchilik va uzumchilik uchun – kamida 3 gektar;
  • chorva ozuqa ekinlari uchun 1 bosh chorvaga sugʻoriladigan yerda – kamida 0,3 gektar, lalmi yerda kamida 1 gektar, yaylov va pichanzorlarda – kamida 2 gektar;
  • paxta va gʻallachilik uchun – kamida 30 gektar;
  • gʻallachilik va sabzavotchilik uchun – kamida 10 gektar;
  • sunʼiy suv havzalarida baliq yetishtirishga – kamida 0,01 gektar.

Ochiq tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlar “E–AUKSION” orqali ariza yuboradi:

  • yer 30 gektargacha boʻlganida BHMning 5 baravari;
  • 30 gektardan 100 gektargacha boʻlganda BHMning 10 baravari;
  • 100 va undan koʻp boʻlganda BHMning 20 baravari miqdoridagi zakalatni maxsus hisobga oʻtkazadi.

Tanlov talabgorlarining roʻyxati, tanlov takliflari va ularga berilgan ballar tanlov kuni soat 10:00 da eʼlon qilinadi.

Eng koʻp ball olgan talabgor gʻolib boʻladi, 2 ta talabgor bali teng boʻlganida birinchi ariza bergan gʻolib boʻladi.

Gʻolibga shartnomani imzolash uchun 5 ish kuni beriladi va 3 ish kunida gʻolibga yerning aniq chegaralari belgilab beriladi.

Qarorga bilan:

Qishloq xoʻjaliliga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi belgilandi. Unga koʻra:

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga ikkilamchi ijaraga (uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) beriladi.

Yer uchastkalarni ikkilamchi ijaraga beruvchi yuridik va jismoniy shaxslar oʻz tashabbusi bilan ixtiyoriylik asosida ikkilamchi ijaraga oluvchining roziligi bilan yozma yoki elektron shaklda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish toʻgʻrisida shartnoma tuzadi.

Tuzilgan ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi Kadastr palatasi tomonidan elektron tizim orqali davlat reestriga kiritiladi.

Reestrga kiritganlik uchun BHMning 5 foizi miqdorida toʻlov undiriladi (“daftar”larga kiritilganlardan toʻlov undirilmaydi)

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar oraliq ekinlarni ekish uchun 1 yilgacha ijaraga beriladi.

Shartnomalar ixtiyoriylik asosida ijaraga beruvchining tashabbusi bilan yozma, qogʻoz yoki elektron shaklda kamida 4 nusxada tuziladi.

Quyidagi hollarda shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etiladi:

  • murojaat vakolatsiz shaxs tomonidan imzolangan yoki umuman imzolanmaganida
  • yerga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan boʻlsa
  • toʻlov amalga oshirilmaganda
  • yerni ikkilamchi ijaraga berish mumkin boʻlmaganida

Ikkilamchi ijara uchun toʻlovlar taraflar kelishuviga muvofiq belgilanadi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan er uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida – faylni yuklab olish

Matn o'lchami