[:en]The new stage of development of the global economy calls for the solution of the economic crisis in the era of globalization, the creation of new jobs, the rational use of resources and, of course, the further development of socially important sectors. The most important prerequisite for economic growth is providing better services to the population and further improving the infrastructure of the region. The Public Private Partnership Development Agency under the Ministry of Finance cooperates with various ministries and agencies as the sole authority to promote PPP projects in all areas.

In particular, with the support of the Public Private Partnership Development Agency, together with the Tashkent city administration and the Asian Development Bank’s Country Director, Cynthia Malvichini, “Consulting Services on Long-Term Rental to sign the agreement “.

Within the framework of this Agreement, the Asian Development Bank will evaluate proposals from foreign companies as consultants to the Tashkent city administration on project agreements and proposals from foreign investors as required by the current Public Private Partnership Act. Assistance in signing a lease contract with the State Unitary Enterprise “Toshissiqquvvati” for the best foreign company. The main objective of the project is to modernize and reconstruct heating networks, attracting foreign investors in the public utilities sector in Tashkent, eliminate existing losses in the networks and introduce automated foreign information technologies in the industry. The aim is to prevent accidents through use and to apply modern management methods and processes in Tashkent heat supply.

It should be noted that this project is the third project of the Asian Development Bank in the public services sector in Uzbekistan. Currently, in cooperation with the Asian Development Bank, contracts for the management of water supply and sanitation systems in Samarkand, Bukhara, Namangan and Karshi have been signed.[:uz]

Jahon iqtisodiyotining yangi rivojlanish bosqichi, globallashuv davrida iqtisodiy inqirozning yechimini topish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, resurslardan oqilona foydalanish va albatta ijtimoiy ahamiyatga ega sohalarni yanada rivojlantirishni talab etadi. Iqtisodiy o‘sishning eng muhim sharti bu – aholiga sifatli xizmatlar ko‘rsatish va hudud infratuzilmasini yanada yaxshilashdir. Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi barcha sohalarda DXSh asosidagi loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi yagona vakolatli organ sifatida turli vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Xususan, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi ko‘magi bilan Toshkent shahar hokimligi va Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy vakilligi direktori Sintiya Mal’vichini bilan birgalikda “Toshkent shahar issiqlik tarmoqlari tizimini uzoq muddatli ijara shartida boshqaruvga topshirish bo‘yicha konsul’tasiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha kelishuv”ini imzoladi.

Mazkur Kelishuv doirasida Osiy taraqqiyot banki loyihadagi bitimlar bo‘yicha Toshkent shahar hokimligining konsul’tanti sifatida xorijiy kompaniyalardan kelib tushgan takliflarni baholash hamda amaldagi Davlat-xususiy sherikligi to‘g‘risidagi Qonun talablariga ko‘ra, zaruriyat bo‘lganda xorijiy investorlardan kelib tushgan takliflar asosida tender tanlovini o‘tkazib, eng maqbul xorijiy kompaniyani “Toshissiqquvvati” DUK bilan ijara shartnomasini imzolashda ko‘maklashadi. Davlat-xususiy sherikligi shartlari asosida mazkur loyihani amalga oshirishdan asosiy maqsad Toshkent shahar kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga xorijiy investorlarni keng jalb qilgan holda, issiqlik tarmoqlarini modernizasiyalash va rekonstruksiyalash, tarmoqlardagi bugungi kunda mavjud yo‘qotishlarni butkul bartaraf etish va sohada avtomatlashtirilgan xorijiy informasion texnologiyalarini qo‘llash orqali yuzaga kelayotgan avariya holatlarini oldini olish hamda Toshkent issiqlik ta’minotida zamonaviy menedjment usullari va jarayonlarni qo‘llashdan iborat.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish kerak, mazkur loyiha Osiyo taraqqiyot bank uchun O‘zbekistonda kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida uchunchi loyiha bo‘lib hisoblanadi. Xozirgi kunda Osiyo taraqqiyot bank bilan hamkorlikda Samarqand, Buxoro, Namangan va Qarshi shaharlarida suv ta’minoti hamda kanalizasiya tizimlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga berish ishlari bo‘yicha konsul’tanktlik shartnomalari imzolanib ishlar boshlangan.[:]