Davlat-xususiy sherikligi – Hukumat va investor o‘rtasidagi ko‘prik
2019 yilning 20 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan OAV vakillari uchun “Davlat-xususiy sherikligi – Hukumat va investor o‘rtasidagi ko‘prik” mavzusida brifing tashkil etildi. Unda joriy yilning 10 may kuni Prezident Sh.M.Mirzieev “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni mazumun-mohiyati xususida jurnalistlarga batafsil ma’lumot berildi. Qayd etilagindek mazkur qonunni tayyorlashda va uni mukammal darajaga yetkazishda respublikaning ko‘pgina vazirlik va idoralari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari, OTB, YeTTB, JB, XMK ekspertlari keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Xozirgi kunda respublikaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarni jalb qilish va investision muxitni yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli islohotlar olib borilmoqda. Mazkur isloxotlar instusional tiklanishga, zamonaviy qonunchilik asosini yaratishga va investorlar bilan loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.
Shu o‘rinda Davlat-xususiy sheriklikni xam tutgan o‘rni juda muxim. Chunki Davlat-xususiy sheriklik orqali xususiy investisiyalar kirib kelishi va ilg‘or zamonaviy boshqaruv tajribasining joriy qilinishi orqali mamlakatdagi infratuzilma va Davlat xizmatlari sifati oshadi. Bunda moliyaviy resurslar xususiy sherik tomonidan ta’minlanadi va asosiy biznes xatarni xususiy sherik o‘z zimmasiga oladi. Shu bilan birga 49 yillik shartnomalar juda ham murakkab va yuqori darajali mutaxassislarni jalb qilinishini talab qiladi.
Osiyo taraqqiyot bankining hisob-kitoblariga asosan, O‘zbekiston ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirishga har yili o‘z YaIMning 7.4 foizi miqdorida (qariyb 3.6 mlrd. AQSh dollari) investisiya kiritishi kerak. Transport, energetika, axborot-kommunikasiya texnologiyalari, ichimlik suvi va sanitariya sohalariga ehtiyoj bor.
Ko‘rinib turibdiki Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik asosining mavjudligi jamiyat va iqtisodiyotimiz uchun juda muxim. Qonun qabul qilinishidan tashqari, undan kelib chiqadigan qonunchilik xujjatlarining ishlab chiqilishi va ularning ishlashi – ushbu sohada tizimni yaratish uchun zarur hisoblanadi.
Mazkur qonuning qabul qilinishi DXSh sohasiga qonuniy asosni yaratdi, bu esa o‘z o‘rinda respublikaga investorlar faolligini va ishonchini albatta oshirishga, xususiy sektorning moliyaviy va boshqa resurslarini jalb qilishiga olib keladi. Xozirgi kundagi eng asosiy vazifa bu DXSh tizimini yaratishdir.
Qonunining o‘ziga xos jixatlari:
U to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi xujjat hisoblanadi, demak O‘zbekistonga DXSh yo‘nalishi bo‘yicha pul tikmoqchi bo‘lgan investor uchun boshqa qonunosti xujjatlarni o‘rganish zaruriyati kamayadi
Qonun investorlarni himoya qilishga qaratilgan – xususan xujjatda xususiy sherik va kreditorlarni ximoya qilish bo‘yicha alohida moddalar mavjud
Qonun aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari va jamoat infratuzilmasi sifatini yaxshilashga qaratilgan.
Qonunda tomonlarning xukuk va majburiyatlarining oydinligi ta’minlandi
Qonunda kichik loyihalar uchun bir boskichli tender mexanizmi mavjud
Qonunda xususiy tashabbus orqali loyixalarni amalga oshirish mavjud
DXSh loyixalarning aniklash mezonlari
– Soxaning ustuvor yunalishlarida, davlat dasturida va strategik xujjatlarda aks ettirilishi
– Jamoat infrastrukturasi va davlat xizmatiga taaluqli
– Sifat va operasion samaradorlikni oshirishga zaruriyat
– Xatarning asosiy qismi xususiy sektorga to‘g‘ri kelishi
– Sohaga investisiya va xususiy sektor tajribasining kiritilishi.
Ma’lumot uchun: Davlat-xususiy sheriklik – bu xususiy investisiyani jalb qilish hamda ilg‘or boshqaruv tajribalarini joriy qilish, shuningdek davlat xizmatlari sifatini oshirish maqsadida tuzilgan uzoq muddatli o‘zaro manfaatli shartnoma va bitimlardir. Shu bilan birga, tasdiqlangan loyihalarga ta’sir qiluvchi xavf-xatarlar to‘g‘ri taqsimlanadi va xususiy sherik asosiy xavf-xatar va moliyalashtirishni o‘z zimmasiga oladi. Eng asosiysi, davlat ushbu loyihalarni tartibga solishda o‘z vakolatlarini saqlab qoladi. Davlat-xususiy sheriklik loyihalarida davlat tomonidan qo‘shiladigan hissa xususiy sherik majburiyatlari orqali qoplanadi. Bundan tashqari, tomonlarning majburiyatlari samaradorligi bo‘yicha ko‘rsatkichlar aniq belgilab qo‘yiladi. An’anaviy shakldagi davlat-xususiy sherikligi – bu qurilish, moliyalashtirish, modernizasiya, ekspluatasiya va xizmat ko‘rsatish uslublarini o‘z ichiga qamrab oladi.
Recent Comments