Manba: PQ–284-son, 16.06.2022-y.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarorining mohiyati va ahamiyati

“Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi (PQ–284-son, 16.06.2022-y.).

Qarorga muvofiq, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining markaziy apparati tuzilmasida:

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining professional taʼlimni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi kiritildi;

Professional taʼlim-oʻquv metodik muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi negizida Professional taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti tashkil etildi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining professional taʼlimni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari bir vaqtning oʻzida Professional taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti direktori hisoblanadi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining professional taʼlimni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari:

vazirlik tizimidagi professional taʼlim muassasalari faoliyatiga rahbarlik qiladi, ularda ish samarali tashkil etilishini taʼminlaydi, yuklatilgan vazifalar va funksiyalar toʻliq bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

professional taʼlim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash sifatini, taʼlim dasturlari mazmuni va darajasini Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi va milliy malaka ramkalari talablariga mosligini taʼminlaydi;

ish beruvchilarning ehtiyojlari va takliflari, ilgʻor xorijiy tajriba, iqtisodiyotning real sektoridagi tarkibiy oʻzgarishlarni hisobga olgan holda professional taʼlim muassasalarida mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha ishlarni tashkil etadi;

professional taʼlim muassasalari uchun oʻquv adabiyotlari, elektron taʼlim resurslari va metodik qoʻllanmalarni tayyorlash hamda taʼlim jarayoniga joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshiradi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining professional taʼlimni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimini kiritish hamda Professional taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish departamentini tashkil etish uchun talab etiladigan 30 nafar shtat birligi Vazirlikning amaldagi shtat birliklari doirasida hamda tasarrufida tugatilayotgan professional taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan ayrim vazirlik va davlat qoʻmitalarining 16 nafar shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga shakllantiriladi.

 

Shtat birliklari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga oʻtkazilayotgan vazirlik va davlat qoʻmitalari roʻyxati

T/r Vazirlik va davlat qoʻmitalari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga oʻtkazilayotgan shtat birliklari soni
1. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2
2. Qishloq xoʻjaligi vazirligi 3
3. Qurilish vazirligi 2
4. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi 1
5. Suv xoʻjaligi vazirligi 2
6. Turizm va madaniy meros vazirligi 2
7. Transport vazirligi 1
8. Energetika vazirligi 1
9. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 2
Jami: 16

Matn o'lchami