Manba: PQ–263-son, 30.05.2022-y.

Advokatura faoliyati raqamlashtiriladi

“Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident qarori (PQ–263, 30.05.2022-y) qabul qilindi.

Qarorga ko’ra, 2023-yil 1-yanvardan:

  • advokatlik faoliyati uchun litsenziya berish, malaka imtihonini topshirish tartibi saqlangan holda, Litsenziya axborot tizimi orqali;
  • advokatlik tuzilmalarini davlat ro’yxatidan o’tkazish, qayta ro’yxatdan o’tkazish va tugatish YIDXP orqali amalga oshiriladi;
  • advokatlikni boshlashda malaka imtihonini topshirish, litsenziya olish va advokatlik byurosini davlat ro’yxatidan o’tkazish bo’yicha kompozit xizmat ko’rsatish imkoniyati yaratiladi.

2023-yil 1-yanvardan fuqarolarga yuridik yordam ko’rsatish jarayonlarini raqamlashtirish, advokatura sohasini sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa davlat organlari faoliyati bilan integratsiya qilishni nazarda tutuvchi Yuridik yordam axborot tizimi ishga tushiriladi.

Mazkur axborot tizimi doirasida:

  • advokatlar elektron reestri va advokatlarning shaxsiy elektron kabineti shakllantiriladi;
  • advokatning shaxsiy elektron kabineti orqali jismoniy va yuridik shaxslar bilan onlayn muloqot qilish, elektron raqamli imzodan foydalangan holda ishonch bildiruvchi shaxs xohishiga asosan masofadan turib yuridik yordam ko’rsatish to’g’risida onlayn bitimlar (shartnomalar) tuzish va onlayn yuridik yordam ko’rsatish imkoniyati yaratiladi;
  • advokatura, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari o’rtasida elektron hujjatlar almashinuvi yo’lga qo’yiladi;
  • tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov harakatlari yoki sud majlisi o’tkazilish vaqti va joyi to’g’risida advokatga elektron xabar berish imkoniyati yaratiladi;
  • advokat so’rovini elektron yuborish va advokat so’rovi asosida yuridik yordam ko’rsatish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etish amaliyoti yo’lga qo’yiladi;
  • advokatning o’z arizasiga ko’ra advokatlik maqomini to’xtatib turish elektron tarzda advokat tomonidan xabarnoma berish shaklida amalga oshiriladi.

Manba: PQ–263, 30.05.2022-y.

Matn o'lchami