Manba: O‘RQ–780-son, 23.06.2022-y.

“Inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi Qonunning mazmun-mohiyati

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–780-son, 23.06.2022-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish kiritildi.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartishga koʻra, insonni undan aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini transplantatsiya uchun olishga rozilik berishga majburlaganlik uchun javobgarlik belgilandi.

Mazkur qilmish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum etib, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar ojiz ahvolda ekanligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsga nisbatan yoxud moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan aybdorga qaram boʻlgan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Inson aʼzolarining va (yoki) toʻqimalarining oldi-sotdisi bilan shugʻullanganlik, shuningdek ularni Oʻzbekistondan tashqariga olib chiqib ketganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilandi.

Xususan, inson aʼzolarining va (yoki) toʻqimalarining oldi-sotdisi 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yildan 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum etib, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;

bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Mazkur jinoyatlar bilan bogʻliq dastlabki tergov ichki ishlar organlari tomonidan olib boriladi.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.