[:en]

Mr. Enrico Pinali, Officer-in-Charge of ADB’s office in Uzbekistan

For the last three years, under the leadership of the President Shavkat Mirziyoyev, Uzbekistan has made great progress in opening up economy and attracting private sector investments. To further drive investments and enhance confidence of the private sector, the country paid special attention to Public-Private Partnerships (PPPs). In particular, Uzbekistan adopted the PPP Law, which opened up significant investment opportunities for local and international private investors to take part in the economic growth of Uzbekistan. In addition, the PPP Development Agency (PPPDA) was created to facilitate and coordinate PPP project development, including project screening, reviewing feasibility studies, and drafting tender documents and PPP contracts.

All these Government initiatives are being supported by ADB. In particular, ADB has partnered with PPPDA to align its actions with good nternational practice. ADB provides transaction advisory services for several PPP projects ongoing in Uzbekistan. For instance, ADB is facilitating the bidding for a 200 MWT solar project in the Sherabad district of Surkhandarya region. This project will build up energy capacity of the region and is part a 1 GW solar program. Other sectors covered by ADB’s transaction advisory services include education, solid waste, district heating, and water supply and wastewater. The Government knows that PPP can bring better infrastructure solutions, faster project completion times, and better service to Uzbek citizens, and ADB is glad to partner with them toward this end.[:uz]

Enriko Pinali, Osiyo Taraqqiyot Bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari.

So‘nggi uch yil davomida Prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligida O‘zbekiston iqtisodiyotining ochiqligini ta’minlash va xususiy sektor investitsiyalarini jalb qilishda katta yutuqlarga erishildi. Bu borada xususiy sektorning ishonchini oshirish uchun mamlakatda davlat-xususiy sheriklikka (DXSh) alohida e’tibor berilmoqda. Xususan, mahalliy va xalqaro sarmoyadorlarga O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishida ishtirok etish uchun katta sarmoyaviy imkoniyatlarni ochib beradigan «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Bundan tashqari, DXSh loyihalarini muvoffaqiyatli amalga oshirishni ta’minlash maqsadida Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tashkil etilib, agentlik loyihalarni skrining qilish, texnik-iqtisodiy asoslarini ko‘rib chiqish va tender hujjatlari hamda DXSh shartnomalarini tuzishda ishtirok etadi.

Ushbu hukumat tashabbuslarining barchasi Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Xususan, Osiyo Taraqqiyot Banki o‘zining ilg‘or xalqaro amaliyot tajribasi bilan Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi o‘rtasida yaxshi hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Bank O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bir nechta DXSh loyihalari yuzasidan maslahatlar berib kelmoqda. Masalan, OTB Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida 200 MVt quvvatga ega quyosh energiyasi loyihasining tender jarayonlarida qatnashmoqda. Ushbu loyiha mintaqaning energiya sig‘imini oshiradi va 1 GVt quyosh energiyasi dasturiga kiradi. Bundan tashqari, OTB boshqa sohalar, xususan, ta’lim, qattiq chiqindilarni qayta ishlash, isitish tizimi, suv ta’minoti va oqava suvlar bo‘yicha maslahat xizmatlarini bermoqda. Hukumat davlat-xususiy sheriklik infratuzilmasini yaxshilash, loyihalarni tezroq amalga oshirish va fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyatini yaratishga ishonadi va OTB bu borada ular bilan hamkorlik qilishdan mamnundir.[:]