Davlat-xususiy sheriklik shaklidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga davlat budjetidan subsidiya va kompensatsiyalarni ajratishning yangi tizimi joriy etildi

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-sonli qaroriga muvofiq 2022-yil 1-sentabrdan boshlab:

Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib Maktabgacha ta’lim vazirligining nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda – NMTTBAT) avtomatik ravishda hisoblab chiqiladi;

xodimlarning ishga kelib-ketishini hisobga olish hamda tarbiyalanuvchilarning davomatini yuritish mobil ilova yordamida shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali amalga oshiriladi;

hisobot oyida tarbiyalanuvchilarning o‘rtacha oylik davomati NMTTBATda ro‘yxatga olingan tarbiyalanuvchilar soniga nisbatan 40 foizdan kam bo‘lganda, ushbu oy uchun xodimlarga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ish haqi to‘lanmaydi.

Bundan tashqari mazkur qarorga muvofiq:

– DXSH bog‘chalarga subsidiyalar va kompensatsiyalar davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim amal qilish davrida, o‘quv yili va sog‘lomlashtirish davri mobaynida hisoblanadi va to‘lanadi;

– oilaviy DXSH bog‘chalar xodimlari ish haqlarini qoplab berish uchun ajratilgan mablag‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xodimlarning bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi;

bunda oilaviy DXSH bog‘chalar tomonidan yollangan tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchilarga ish haqini to‘lash uchun subsidiyalar ushbu MTTning har bir guruhida tarbiyalanayotgan bolalar soni kamida 12 nafarni tashkil qilganda to‘lanadi

– tabiiy gaz xizmatlaridan foydalangani xarajatlari uchun kompensatsiya to‘lovlari barcha DXSH asosidagi MTT (oilaviy MTTlar bundan mustasno) va boshqa nodavlat MTTlarga ularda markazlashgan tabiiy gaz ta’minoti mavjud bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’iy nazar to‘lanadi;

DXSH asosidagi MTTlarga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ularda ta’lim olayotgan 3 yosh va undan katta yoshdagi (boquvchisini yo‘qotgan ayollarning 2 yosh va undan katta yoshdagi), shu jumladan 7 yoshga to‘lgan, biroq maktabga qabul davrini kutayotgan bolalar uchun to‘lanadi;

NMTTBATga ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etmagan DXSH asosidagi va boshqa nodavlat MTTlarga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar va kompensatsiyalar to‘lanmaydi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Matn o'lchami