DIQQАT E’LON! Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!
Oʼzbekiston Respublikasining 2019 yil 10 maydagi “Davlat-xususiy sheriklik toʼgʼrisida»gi OʼRQ-537-son Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 apreldagi “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish toʼgʼrisida”gi 259-sonli qaroriga asosan “CHUST EKO PARK” MCHJ tomonidan Namangan viloyati, Chust tumani, Kamarsada MFY “Mavlono Lutfullo” nomli madaniyat va istiroxat bog’ini davlat-xususiy sheriklik asosida rekonstruksiya qilish va foydalanish bo‘yicha tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha kontseptsiyasi taqdim etilgan.
Mazkur loyiha doirasida Namangan viloyati, Chust tumani, Kamarsada MFYda joylashgan “Mavlono Lutfulloh” nomli madaniyat va istiroxat bog’ini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.
Tenderda qatnashish uchun tadbirkorlar tomonidan qiziqish bildirish uchun soʼrov va tendr takliflarini 2022-yil 17–sentabr kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 18.00 gacha topshirilishi kerak.
Qiziqish bildirish uchun soʼrov shakli.
Qiziqish bildirish uchun soʼrov va tendrlar (takliflar) quyidagi manzillarda qabul qilinadi:
- Namangan viloyati Chust tuman hokimligi, Chust shahri, Charog`on ko`chasi 1-uy. E-mail: Chust.t@exat.uz. Tel: 69-42-33-600
- O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi Toshkent shahar, Sh.Rashidov shox koʼchasi,16-uy. E-mail: pppinfo@ppp.mf.uz AbduvoxidX@ppp.mf.uz Теl: 71-203-03-07 (701). )
(Eslatma! Elektron yuboriladigan fayl yoki fayllarning hajmi 10 MBdan ortig’ bo’lmasligi lozim. Shu munosabat bilan fayllarni ixchamlashtirgan 10 MBdan ortiq bo’lmagan holda yuborishingiz so’raladi yoki qog’oz shaklida taqdim etishingiz mumkin).
“DXSh toʼgʼrisida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun soʼrov va tender takliflari olingan taqdirda, Chust tumani hokimligi tomonidan loyihaning xususiy tashabusskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender oʼtkaziladi.
Yangi sharhlar