DIQQАT E’LON! Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar
O’zbekiston Respublikasining 2019 yil 10 maydagi “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida”gi O’RQ-537-son Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 apreldagi “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi 259-sonli hamda 2021 yil 20 yanvardagi “Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan davlat mulki obyektlarining ro’yxatini tasdiqlash to’g’risida”gi 30-sonli qarorlariga asosan “AYUPA ZOYA” OK tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi, Qo’ng’irot tumani, “Jasliq” ShFY hududida joylashgan “Sobiq klub binosi”ni davlat-xususiy sheriklik asosida rekonstruktsiya qilish va foydalanish bo’yicha tashabbus taklifi, shu jumladan, loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan.
Mazkur loyiha doirasida Qoraqalpog’iston Respublikasi, Qo’ng’irot tumani, “Jasliq” ShFY hududida joylashgan “Sobiq klub binosi”da madaniy marosimlar va tadbirlar o’tkazish zali hamda maishiy va madaniy xizmatlarini ko’rsatish rejalashtirilgan.
Tenderda qatnashish uchun tadbirkorlar tomonidan qiziqish bildirish uchun soʼrov va tendr takliflarini 2022-yil 16-sentyabr kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 18.00 gacha topshirilishi kerak.
Qiziqish bildirish uchun soʼrov shakli.
Loyiha haqida malumotLoyiha haqida ma’lumot
“DXSh toʼgʼrisida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun soʼrov va tender takliflari olingan taqdirda, Madaniyat vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabusskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender oʼtkaziladi.Qiziqish bildirish uchun so’rov va tendrlar (takliflar) quyidagi manzillarda qabul qilinadi:
1. Qoraqalpog’iston Respublikasi, Qo’ng’irot tumani hokimligiQo’ng’irot tumani “Garezsizlik” ko’chasi, 18-uy Tel: (861) 312-10-59, (861) 312-16-41 Exat: kungrad.rk@exat.uz, qongirot.t@exat.uz
2. Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi Toshkent shahar, Sh.Rashidov shox koʼchasi,16-uy. E-mail: pppinfo@ppp.mf.uz AbduvoxidX@ppp.mf.uz (mf_gchp@exat.uz) Теl: 71-203-03-07 (701).
(Eslatma! Elektron yuboriladigan fayl yoki fayllarning hajmi 10 MBdan ortig’ bo’lmasligi lozim. Shu munosabat bilan fayllarni ixchamlashtirgan 10 MBdan ortiq bo’lmagan holda yuborishingiz so’raladi yoki qog’oz shaklida taqdim etishingiz mumkin).
Yangi sharhlar