DIQQAT E’LON! Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!

O’zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi Qoraqalpog’iston Respublikasining Qo’ng’irot, Mo’ynoq va Shumanay tumanlarida (3-lot) maishiy chiqindilarni to’plash, tashish, saralash va qayta ishlash xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish loyihasi yuzasidan bir bosqichli tenderning boshlanganligini e’lon qiladi.

Tenderda ishtirok etish uchun arizalar, dastlabki malakani baholash hujjatlari hamda texnikaviy va tijoriy (moliyaviy) takliflarni yopiq konvertda, muxrlangan, loyiha nomi ko’rsatilgan va maishiy chiqindilarni to’plash, olib chiqib ketish, saralash va qayta ishlash sohasida Davlat-xususiy sheriklik to’g’risidagi bitimni tuzish huquqi bo’yicha tender g’olibini aniqlash uchun tender komissiyasiga deb yozilgan holatda, O’zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasiga, shuningdek Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligiga ariza nusxasi (ilovalarisiz), 2022 yilning 30 avgust soat 18-00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar taqdim etilishi shart.

O’zbekiston Respublikasining «Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida»gi Qonuning 21-moddasiga muvofiq bir bosqichli tenderning dastlabki malakani aniqlash uchun talabgorlarning taqdim etilishi lozim bo’lgan hujjatlar ro’yhati va tasdiqlangan loyiha kontsepsiyasi haqida Davlat ekologiya qo’mitasining eco.gov.uz hamda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining pppda.uz rasmiy veb-saytlaridan yoki quyidagi manzil bo’yicha ko’rsatilgan aloqa vositalari orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Ilova qilinayotgan hujjatlar:

Mas’ul xodimlar: M. Jollibekov; P.Kazbekov.

Manzil: Nukus sh., Tong Nuri ko‘chasi, 181 uy. Telefonlar: (90)727-77-88; (97) 505-28-88;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi

E-mail: pppinfo@ppp.mf.uz  ARajabov@ppp.mf.uz Tel: 71-203-03-07 (709)

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Matn o'lchami