Qoraqalpog‘iston Respublikasida quvvati 200 mvt bo‘lgan navbatdagi shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha tenderning 1-bosqichi yakunlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida shamol elektr stansiyasi loyihasini amalga oshirilishiga malakali investorlarni tanlash maqsadida 2022 yilning 1 aprel kuni “Dastlabki malaka hujjatlari to‘plamini taqdim etishga doir so‘rov” (RFQ) jarayoni bilan boshlanuvchi ikki bosqichli tender jarayoniga start berilgan edi.

Mazkur RFQ so‘roviga javoban 2022 yil 17 iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga xalqaro kompaniyalardan 12 ta ariza kelib tushdi.

Loyiha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy va Qorao‘zak tumanlari hududida quvvati 200 MVtga teng bo‘lgan navbatdagi shamol elektr stansiyasi qurilishi rejalashtirilgan.

Tenderda qiziqish bildirgan, dastlabki saralash talabnomalarini taqdim etgan hamda arizalari tender komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladigan va baholanadigan kompaniyalar ro‘yxati:

1) Abu Dhabi Future Energy Company PJSC – Masdar (BAA)

2) ACWA Power Company (Saudiya Arabistoni)

3) Concord New Energy Group Limited (Gonkong)

4) Consortium of China Datang Overseas Investment Co. Ltd. va Goldwind International Holdings (HK) Limited (Xitoy, Gonkong)

5) Consortium of GD Power Development Co. Ltd. va China Shenhua Energy Company Limited (Xitoy)

6) EDF Renewables (BAA)

7) Eksim Enerji Anonim Şirketi (JSC Eksim Enerji) (Turkiya)

8) Gaia Energy Limited (Kayman orollari)

9) ReNew Vyan Shakti Private Limited (Hindiston)

10) The Kansai Electric Power Company (Yaponiya)

11) Universal Energy Co. Ltd. (Xitoy)

12) Voltalia SA (Fransiya)

Tender jarayoni eng yuqori xalqaro standartlar hamda ochiqlik va shaffoflik talablariga muvofiq o‘tkazilmoqda.

Tender komissiyasi ushbu 12 ta kompaniyadan kelib tushgan arizalarning to‘liqligi va RFQ ning belgilangan shartlariga muvofiqligini baholashga kirishadi, shundan so‘ng malakali ishtirokchilar e’lon qilinadi. Keyinchalik malakali ishtirokchilar tender jarayonining ikkinchi bosqichida (Takliflar so‘rovi (RFP)) ishtirok etishga taklif qilinadi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan