Agentlik vakillari Xorazmdagi gemodializ markazlarini borib ko‘rdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga nefrologiya va gemodializ yordami ko‘rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3846-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tkazilgan xalqaro tender natijalariga ko‘ra, Hindistonning “Nephrocare Health Services Central Asia” kompaniyasi bilan 2021 yilning 15 yanvarda DXSh bitimi imzolangan edi.

Mazkur bitimga ko‘ra, Hindiston kompaniyasi Toshkent (700 bemor) va  Nukus shahri(150 bemor)da hamda Xorazm viloyatining Urganch (125 bemor) va Bog‘ot tumanlari(125 bemor)da jami 1 100 nafar bemorga xizmat ko‘rsatuvchi Dializ markazlarini tashkil qilish va buning uchun 9,8 mln. AQSh dollari kiritish majburiyatini olgan edi.

Ushbu markazlardan dastlabkisi, joriy yilning 18 aprel kuni Nukus shahrida faoliyatini boshladi.

Navbatdagi 2 ta markaz Xorazm viloyatining Urganch va Bog‘ot tumanlarida qurib bitkazildi. Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori v.b Zokir Bozorov va Agentlikning Sog‘liqni saqlash, mudofaa va huquqni muhofaza qilish sohalari bo‘yicha DXSh loyihalarini tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i Dilnavoz Kuldashovalar shu kunlarda faoliyatini boshlashi kutilayotgan markazlarga tashrif buyurib, u yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

“Nephrocare health services Central Asia” kompaniyasi direktori Sukesh Chandra Gayn bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda ushbu markazlar faoliyati, ko‘rsatiladigan xizmatlar, loyihaning borishi, ayrim tashkiliy masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Bitimga ko‘ra, investorga Urganch tumani tibbiyot birlashmasi hududida 1500 m2 va Bog‘ot tumani tibbiyot birlashmasi hududida 1500 m2 bo‘sh yer maydoni ajrtildi. Qariyib bir yil davomida markazlarni qurish va jihozlash ishlari to‘liq yakunlandi.

Uchrashuvda aytib o‘tilganidek, mazkur markazlarga Germaniyada ishlab chiqarilgan  yangi dializ asbob-uskunalari o‘rnatilgan. Zarur dori-darmonlar va bir martalik dializatorlarning zahirasi shakllantirilgan. Koykalar soni 29 tani tashkil etib, kun davomida bitta koyka orqali 3 tadan 5 tagacha bemorga yillik 144 ta seansdan kam bo‘lmagan malakali xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, COVID-19 va yuqumli kasalliklar bilan kasallangan bemorlar uchun alohida xonalar tashkil etilgan. Zamonaviy boshqaruv va axborot texnologiyalar joriy etilib, elektron axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.

Jami 70 nafar yangi ish o‘rni yaratilib, mahalliy mutaxassislar maxsus malaka oshirish kurslarida o‘qitilgan. Bundan tashqari ushbu jaaryoniga hindistonlik malakali mutaxassilar ham jalb etilgan.

Ma’lumot uchun, “Nephrocare health services Central Asia” kompaniyasi loyihaga ko‘ra, yana bir markazni Toshkent shahrida ochadi. 700 nafar bemorlarga gemodializ xizmatlarini ko‘rsatishga mo‘ljallangan mazkur markazda ayni kunda qurilish ishlari tasdiqlangan jadval asosida davom etmoqda va joriy yilning sentabr oyida ishga boshlashi rejalashtirilgan.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan