G‘uzorda quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha o‘tkazilgan tenderning 1-bosqichi yakunlari e’lon qilindi

Joriy yilning 5 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida quvvati 300 MVtgacha bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasining  qurilishi loyihasi doirasida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida xususiy sherikni aniqlash bo‘yicha tenderning (talablarga muvofiqlik so‘rovi – RFQ) birinchi bosqichi boshlanganligi e’lon qilingandi. Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ vakillaridan iborat  tender kommissiyasi xulosasiga ko‘ra, tanlovning birinchi bosqichiga kelib tushgan 12 ta arizadan 8 tasi minimal shartlarga javob bergan. Bular:

  1. Abu Dhabi Future Energy Company PJSC – Masdar (Birlashgan Arab Amirliklari)
  2. ACWA Power Company (Saudiya Arabistoni)
  3. China Huadian Engineering Co. Ltd. (Xitoy) va Universal Energy Co. Ltd. (Xitoy) kompaniyalari korsorsiumi
  4. Concord New Energy Group Limited (Xitoy)
  5. GD Power Development Co. Ltd. (Xitoy) va PowerChina International Group Limited (Xitoy) kompaniyalari korsorsiumi
  6. Jinko Power (HK) Company Limited (Xitoy)
  7. ReNew Solar Power Private Limited (Hindiston) va Ajlan & Bros Energy Company (Saudiya Arabistoni) kompaniyalari korsorsiumi
  8. VPE Fund I LP (Birlashgan Arab Amirliklari), Helios Mech Pte. Ltd. (Singapur) va LLC Solar System (Rossiya).

Ushbu loyiha Osiyo taraqqiyot bankining texnik ko‘magida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirilmoqda. Loyihaga ko‘ra, tanlov g‘olibi Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida 300 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi va 63 MVt/125 MVt.s (2 soat davomida soatiga 63 MVt quvvat beradigan) energiya saqlash batareya stansiyasini bunyod etish, loyihalashtirish, moliyalashtirish, 25 yil davomida foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradi. Loyiha doirasida xususiy sherik loyiha yer maydoni yonida joylashgan 500 kV kuchlanishli G‘uzor podstansiyasigacha elektr uzatish tarmog‘ini ham qurishi kerak bo‘ladi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan