Farg`ona viloyati, Beshariq tumanida tibbiy diagnostika va davolash markazini tashkil etish loyihasiga qiziqish bildirish uchun E’lon!

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Yakkatut Med Sentr” MCHJ tomonidan tashabbus qilingan Farg`ona viloyati, Beshariq tumani tibbiyot birlashmasi tizimidagi sobiq Yakkatut shifoxonasi o`rnida davlat-xususiy sheriklik asosida tibbiy diagnostika va davolash markazini tashkil etish loyihasi (keyingi o’rinlarda – Loyiha) amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi barcha manfaatdor tomonlarni Loyihaning amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish taklifi taqdim etishlarini so‘raydi. Xususiy sherik mamlakatdagi o‘sib borayotgan bozordan manfaat ko‘radi hamda mamlakatda amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan birida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 16 apreldagi PQ-4290-son “Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 apreldagi 259-son “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.

Kompaniyalar Loyihaning amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish taklifini taqdim etishlari so‘raladi. Loyihaning amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish taklifi ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarning qisqacha tavsifi bilan ilovadagi jadvalni to‘ldirilgan holda 2022 yilning 28-iyulga qadar quyidagi elektron pochta manziliga yuborilishi lozim.

Ilova qilinayotgan hujjatlar:

1) Loyiha kontseptsiyasi;

2) Dastlabki malakani baholash hujjatlari;

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi

Elektron pochta manzili: info@minzdrav.uz

Telefon raqami: (+99871) 239-46-13

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan