TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi “Respublikada oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarorida Davlat-xususiy sheriklik asosida oliy ta’lim muassasalari moddiy texnik bazasini rivojlantirishni jadallashtirish va talabalar turar joylarini barpo etish belgilangan.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Olmazor ko’chasi 183-uy, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga tegishli bo’lgan (0.3 gektar) yer maydonida 400 o’rinli talabalar turar joyi binosini Vazirlar Mahkamasining 563-sonli qarori 1-bandi v-kichik bandiga muvofiq qurish va faoliyatini tashkil etish bo’yicha davlat tashabbusi bildirildi.

Mazkur loyihada tadbirkorlik subyektining o‘z mablag‘lari hisobidan talabalar turar joyi barpo etiladi va davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim amal qiladigan muddat davomida davlat sherigi tomonidan xususiy sherikka talabalar turar joylaridan erkin foydalanilishi uchun to‘lov to‘lanadi.

Bunda, davlat sherigi bilan kelishilgan narxlarda talabalar turar joyida yashagan har bir talaba uchun bitimda belgilangan muddat davomida bir yil uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida Davlat budjetidan subsidiya ajratiladi. Talabalar turar joyini saqlash va ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlar xususiy sherik hisobidan qoplanadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4391-sonli qaroriga asosan barpo etiladigan bino va inshootlarning talabalarga taqdim etiladigan qismidan tashqari (bundan yer maydoni, bino va inshootlarning umumiy foydalanishga mo‘ljallangan kommunikatsiya tarmoqlari egallagan qismi mustasno) 20 foizidan oshmagan qismi qonunchilikda taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun mahalliy xususiy sherikka mulk huquqi asosida o‘tkaziladi.

Ushbu loyihani amalga oshirishda manfaatdor tomonlar qiziqish bildirish uchun so’rov va takliflarini 2022-yil 13-iyul Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha topshirishlari lozim.

Qiziqish bildirish uchun so’rov formasi

Loyiha konsepsiyasi

Loyiha haqida ma’lumot

Qiziqish bildirish uchun so’rov quyidagi manzillarda qabul qilinadi:

  1. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi manzili: 100095 Toshkent shahri, 2-Chimboy ko’chasi, 96-uy, E-mail: devonxona@edu.uzedu@exat.uz, veb-sayt: edu.uz, Telefon raqami: +99871 246 04 27
  2. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Olmazor ko’chasi 183-uy: E-mail: info@tsue.uz Veb-sayt: https://tsue.uz Telefon raqami: +998 71 239 28 66; +998 71 239 01 49;
  1. Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Sh.Rashidov shoh ko’chasi 16-uy,  E-mail: pppinfo@ppp.mf.uz, AbduvoxidX@ppp.mf.uz, ADuvlanov@PPP.mf.uz, Fumarov@PPP.mf.uz Tel: 71-203-03-07 (701)

    (Eslatma! Elektron yuboriladigan fayl yoki fayllarning hajmi 10 MBdan ortig’ bo’lmasligi lozim. Shu munosabat bilan fayllarni ixchamlashtirgan 10 MBdan ortiq bo’lmagan holda yuborishingiz so’raladi yoki qog’oz shaklida taqdim etishingiz mumkin).

“DXSH to’g’risida”gi qonunning 16-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so’rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, Oliy ta’lim vazirligi tomonidan loyihaga qiziqish bildirgan talabgorlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o’tkaziladi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Matn o'lchami