[:uz]O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi barcha ayollarimizni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan tabriklaydi !

AYOL

Ayolsiz tong otmas, kelmaydi nahor,
Ayolsiz kuz-qishing bo‘lmaydi bahor.
Ayolsiz befoyda yashash ham, chunki
Yuraksiz hayotdan nima ma’ni bor?

Gulsiz jozibali bo‘lmagandek bog‘,
Toshsiz salobatli bo‘lmagandek tog‘,
Qoshsiz bo‘lmagandek, hech qachon qabog‘,
Ayolsiz dunyoning borligi bekor!

Ko‘z tushganda hatto oy ham uyalsa,
Majnuntol hasaddan sochlarin yulsa,
Tan oling!
Tan oling, ozgina vijdoniz bo‘lsa,
Ayolsiz go‘zallik bo‘lmaydi zinhor!

Onang sevgisi, bu – tengi yo‘q sehr,
Opa-singillaring hamrohi mehr,
U jufti haloling, yo‘ldoshing axir,
Ayolsiz bo‘lgaysan muhabbatga zor!

Shirin so‘zlaringni qizg‘onmay so‘zla,
Ularga baxt berish maqsadin ko‘zla,
Oyog‘in ostidan JANNATni izla,
Ayolsiz jannat ham ko‘zlaringa tor!

Vafo ro‘molini bo‘yniga boylab,
Kutishga tayyordir haftalab, oylab,
Bizni balolardan yurganda poylab.
Ayolsiz ishingda bo‘lmagay baror.

Etti o‘lchab tuzar, barcha rejani,
Sanaydi har doim kuzda jo‘jani,
Devor bo‘lsa hamki, ko‘rar ko‘chani,
Ayolsiz naf bermas qilingan qaror!

Tilayman Ollohdan sizni qo‘llashni,
Ko‘ngilda baxtingiz mangu gullashni,
Xushnud burch deb bildi tabrik yo‘llashni,
Ayolsiz bitilmas edi bu ash’or!

[:]