“Navoiyazot” AJ negizidagi kimyo-texnologik klasteri uchun issiqlik va quyosh elektr stansiyalari barpo etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat kafolatisiz xorijiy investitsiyalar hisobidan «Navoiyazot» AJ negizida tashkil etiladigan kimyo-texnologik klasteri uchun muqobil energiya ta’minoti tizimini yaratish va kimyo tarmog‘i korxonalarini ishonchli elektr va issiqlik energiyasi bilan ta’minlash maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida issiqlik va quyosh elektr stansiyalari barpo etiladi.

2021 yil noyabr oyida «O‘zkimyosanoat» AJ, «Electricite de France S.A.» (Fransiya), «Stone city InSolar B.V» (Niderlandiya) va «Siemens energy global GmbH&Co.KG» (Germaniya) kompaniyalari o‘rtasida loyiha uchun texnik yechimlarni ishlab chiqish va tahlil o‘tkazish bo‘yicha asosiy shartlar to‘g‘risida bitim imzolangan. Loyiha doirasida davlat sherigi sifatida «O‘zkimyosanoat» AJ ishtirok etadi.

«O‘zkimyosanoat» AJ 2022 yil 20 iyulga qadar loyiha konsepsiyasi tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritishi va 1 avgustga qadar xalqaro konsultantlar, Agentlik, Energetika vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik bitimi va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida bitim loyihalari tayyorlashi belgilandi. Moliya vazirligi «O‘zkimyosanoat» AJ bilan birgalikda 2022 yil 1 sentabrga qadar loyiha doirasida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida bitim imzolanishini ta’minlashi lozim.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan