Davra suhbati yakunida shartnoma va bitimlar imzolandi
Davlat-xususiy sheriklik bo’yicha O’zbekiston davra suhbati yakunida 11 ta shartnoma va bitimlar tantanali ravishda imzolandi.
1-O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Osiyo taraqqiyot bankining «Infrastrukturani moliyalashtirishni rivojlantirish kompaniyasi»ni tashkil etish bo’yicha o’zaro anglashuv memorandum
2-Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) va Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining «Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish jamg’armasi»ni tashkil etish bo’yicha o’zaro anglashuv memorandum
3-O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Energetika vazirligi bilan Tranzaktsiya bo’yicha maslahat xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha o’zaro anglashuv memorandum
4-«O’zsuvtaminot» AJ va Osiyo taraqqiyot bankining Toshkent shahar oqava tozalash inshootini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish loyihasi bo’yicha maslahat xizmatini ko’rsatish bo’yicha bitim
5-Sog’lini saqlash vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki bilan Andijon va Buxoro viloyatlarida DXSh asosida ko’p tarmoqli shifoxonalarni tashkil etish loyihasi bo’yicha maslahat xizmati ko’rsarish to’g’risidagi o’zaro anglashuv memorandum
6-Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) va Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining Oliy ta’lim muassasalari uchun yotoqxonalar qurish bo’yicha o’zaro anglashuv memorandum
7-Synergy kompaniyasi va Davlat-Xususiy Sheriklikni Rivojlantirish Agentligi o’rtasida o’zaro anglashuv memorandum
8- Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi va Ernst & Young kompaniyasining o’zaro anglashuv memorandum
9-Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi va “Tribe Infrastructure” kompaniyasi o’rtasida o’zaro anglashuv memorandum
10- Davlat-Xususiy Sheriklikni Rivojlantirish Agentligi va PwC kompaniyasi o’rtasida o’zaro anglashuv memorandum
11- Davlat-Xususiy Sheriklikni Rivojlantirish Agentligi va “Cranmore Partners Limited” kompaniyasi o’rtasida o’zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Yangi sharhlar