Davlat-xususiy sheriklik bo’yicha davra suhbati 300 dan ortiq xalqaro ekspertlarni jamladi

2022 yil 20 may kuni Toshkentda Davlat-xususiy sheriklik bo’yicha davra suhbati tashkil etildi. Ushbu muloqot O‘zbekiston iqtisodiy forumi-2021 doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlarning biri qismini tashkil etadi. Tadbirda 300 dan ortiq oliy martabali mehmonlar, jumladan, xalqaro moliya institutlari, yirik xorijiy banklar, iqtisodiy tizimlar vakillari, investorlar, tranzaktsiya bo‘yicha maslahatchilar, moliyachilar va boshqa ko‘plab xorijiy va mahalliy mutaxassislar ishtirok etdi.

Xususan, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg’armasi, Islom taraqqiyot banki, Kapital loyihalar va infratuzilma guruhlari, yirik kompaniyalar va konsernlar vakillari jumladan: Ernst & Young, ACWA Power, Voltalia, EDF, Kosta Legal, Veolia, Almar Water, Metito, K-Water, Nephroplus, CCN Group, Ashurst, Meridiam, Lamar Holding, TAV Airports Holding, IC Holding, YDA Group, DL E&C, Synergy Consulting, Axelcium, IFA o’z fikrlarini bildirdilar va tajriba almashdilar.

Davra suhbatida O‘zbekistonda Davlat-xususiy sheriklik sohasida erishilayotgan yutuqlar, mavjud mexanizmlar, qonunchilik, investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, O‘zbekistonni 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi rivojlantirish strategiyasida rejalashtirilgan 14 milliard dollarlik investitsiyalar portfeli taqdim etildi.

Davra suhbatini o’tkazish jarayonida 6 sessiyada muhokamalar tashkil etildi. Ushbu sessiyalarda DXSh dasturi va tuzilishi, shuningdek, kommunal, energetika, sog’liqni saqlash, ta’lim, aviatsiya va yo’l qurilishi sohalarida DXSH loyihalarining istiqbollari muhokama qilindi.

Tadbir davomida brifing tashkil etildi. Ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlarga DXH sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi va ularning barcha takliflari tinglandi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Davra suhbati yakunida 11 ta shartnoma va bitimlar tantanali ravishda imzolandi.

Davra suhbatida xalqaro va mahalliy ekspertlarning iqtisodiy islohotlar yuzasidan fikr-mulohazalari umumlashtirildi. Yig‘ilgan fikr-mulohazalar asosida O‘zbekistonning DXSh dasturi takomillashtiriladi.

Tan olish kerakki, mazkur davra suhbati O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning yangi bosqichlari bilan Davlat-xususiy tadbirkorlik bozorining bugungi holatini muhokama qilish, shuningdek, xalqaro tajriba asosida kelgusidagi harakatlarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Matn o'lchami