O‘zbekiston Xalqaro DXSh davra suhbati doirasida “O‘zbekiston DXSh investorlari seminari” o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi hamda “Synergy Consulting” kompaniyasi hamkorligida 2022 yil 19 may kuni (14:00-18:00) Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida “O‘zbekiston DXSh investorlari seminari” bo‘lib o‘tadi.

Ushbu seminarni tashkil etishdan asosiy maqsad – O‘zbekistondagi DXSh loyihalaridan xabardor qilish (ijtimoiy infratuzilma loyihalari, jumladan, 100 ta davlat maktabi, 100 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 100 ta talabalar yotoqxonasi hamda tibbiyot muassalariga alohida e’tibor qaratish), mahalliy pudratchilarni DXSh dasturi haqida bilimlarini oshirish, kelajakdagi hamkorlik uchun mahalliy va xalqaro investorlar uchun sohaga oid tushunchalarini boyitish iborat.

Ushbu seminarda Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi kabi moliya institutlari, mahalliy va xalqaro investorlar, qurilish kompaniyalari vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Ushbu seminarda qatnashish bo‘yicha batafsil ma’lumotga ega bo‘lish uchun bizning quyidagi elektron pochta manzillarimizga murojaat qilishingiz mumkin.

 

Bakhrom Abdukadirov: bakhrom.a@synergyconsultingifa.com

Sahil Taneja: sahil.taneja@synergyconsultingifa.com

SuneelPalukuri: suneel.palukuri@synergyconsultingifa.com

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Matn o'lchami