TOSHKENT SHAHAR ISSIQLIK MARKAZLARI DXSH ASOSIDA MODERNIZATSIYA QILINADI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (26.04.2022 yil, 214-son) qarori bilan davlat-xususiy sheriklik asosida Toshkent shahar issiqlik markazlari kogeneratsion texnologiyalarni joriy etish orqali modernizatsiya qilinadi.
Loyiha doirasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat kafolatisiz xorijiy investitsiyalar hisobiga Toshkent shahar issiqlik ta’minoti markazlarini modernizatsiya qilish va ularda kogeneratsiya qurilmalarini joriy etish orqali yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash hamda shahar aholisini ishonchli issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Ushbu loyiha «Siemens Energy Global GmbN&Co.KG» (Germaniya) va «Stone City Development B.V.» (Niderlandiya) kompaniyalari (investor) tomonidan amalga oshiriladi.
Loyiha investor bilan davlat-xususiy sheriklik asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Loyihaga «ILF Consulting Engineers» kompaniyasi — texnik konsultant, «PricewaterhouseCoopers» kompaniyasi — moliyaviy konsultant, «White & Case» kompaniyasi — yuridik konsultant sifatida jalb qilindi.
Kogeneratsiya- elektr va issiqlikni birgalikda kombinatsiyalangan sharoitida ishlab chiqarishga asoslangan markazlashtirilgan isitish tizimidir. Ya’ni bunda elektr ishlab chiqarishda ishlatilgan energiyadan keyinchalik issiqlik ta’minoti ehtiyojlari uchun foydalanish tushuniladi.
Yangi sharhlar