O’ZBEKISTONDA NURLI (RADIO) TERAPIYA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHASI DASTLABKI SARALASH BOSQICHIGA TAKLIF

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan hamkorlikda Davlat-xususiy sheriklik (“DXSh”) loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. O‘zbekiston Respublikasining to‘rtta viloyatida yiliga kamida 90 000 radioterapiya fraksiyalarini qamrab oluvchi to‘rtta ambulator radioterapiya markazlarini jihozlar bilan ta’minlash va o‘rnatish, kapital moliyalashtirish, foydalanish (tibbiy va notibbiy xizmatlar) va texnik xizmat ko‘rsatish loyiha konsepsiyasi hukumat tomonidan 2022-yil 24-yanvarda tasdiqlangan.

Jahon banki guruhining aʼzosi boʻlgan Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) xususiy sherik tanlashda yordam berish uchun hukumat tomonidan loyiha boʻyicha yetakchi maslahatchi sifatida faoliyat yuritmoqda. Loyihaning ixtisoslashgan maslahatchilari: RebelGroup (Niderlandiya), Pinsent Masons (Buyuk Britaniya) va Kosta Legal (O‘zbekiston).

Hukumat tenderda g‘olib bo‘lgan ishtirokchini tanlov asosida tanlaydi va uzoq muddatli DXSh shartnomasini imzolaydi (minimal muddat – 12 yil). Tender O‘zbekistonning “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda talabgorlarning malaka hujjatlari ko‘rib chiqiladi va ularning tender hujjatlarida ko‘rsatilgan malaka mezonlariga mosligi baholanadi. Xususiy kompaniyalar dastlabki malakalashdan o‘tish uchun arizalar topshirishga taklif qilinadi. Ikkinchi bosqichda dastlabki saralashdan o‘tgan kompaniyalar texnik va moliyaviy takliflarni taqdim etadilar.

Sogʻliqni saqlash vazirligi Nurli (Radio) terapiya boʻyicha tajribaga ega barcha manfaatdor taraflarni 2022-yil 29-iyun, Toshkent vaqti bilan soat 18.00 ga qadar dastlabki saralash bosqichiga arizalarni topshirishga taklif qiladi.

Ariza topshirish yo’riqnomalari va malaka talablari bo’yicha batafsil ma’lumot uchun malaka talabi (RFQ) hujjatiga qarang. RFQ hujjati ushbu sahifaning oxirida ilova qilingan va  malaka talabi ham keltirilgan.

Loyiha maʼlumotlari xonasiga kirish huquqiga ega boʻlish va dastlabki malakalash arizani topshirish, shuningdek, mavjud boʻlgan savollar yoki mulohazalar boʻyicha tushuntirishlar olish uchun quyidagi aloqa maʼlumotlari orqali Sogʻliqni saqlash vazirligi va Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan bogʻlaning.

 

O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi

Manzil: pppdd@sss.uz

Telefon: (+71) 239-46-43

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi

Manzil: DKuldashova@PPP.mf.uz

Telefon: (+71) 203-03-07 (706)

XMK – Tranzaksiya bo’yicha yetakchi maslahatchi

UZradiotherapy@ifc.org

+ 998-71-238-5950

+ 996 (312) 626141

+1-202-294-4929

+7-701-220-8299

Dastlabki malakaviy talablar so’rovi

Tender o‘tkazishda korruptsion ko‘rinishga ega bo‘lgan holatlar haqida zudlik bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining ishonch raqamiga xabar berishingizni so‘raymiz: +998 71 2324540

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Matn o'lchami