Joriy yilning 27 aprel kuni Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan tegishli vazirlik va idoralar ishtirokida transport, tabiiy gaz taqsimoti hamda elektr energiyasini yetkazish va uning taqsimotiga doir amaliy o‘quv seminari o‘tkazildi.

Tadbir jarayonida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan transport, logistika va bojxona terminallari hamda tabiiy gaz va elektr energiyasi taqsimoti bo‘yicha xorijiy tajribalar asosida taqdimot o‘tkazildi. Ushbu sohalardagi istiqbolli DXSh loyihalari bo‘yicha takliflar berildi.

Ushbu tadbir O‘zbekiston davlat tashkilotlarini YeTTB tajribasi asosida DXSh sohasidagi xalqaro tajribasidan xabardorligini oshirish maqsadida o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun: DXShni rivojlantirish agentligi mahalliy hokimiyat organlarini xalqaro hamda donor tashkilotlar bilan muvofiqlashtirish, shuningdek, investorlar bilan aloqalarni o‘rnatishda asosiy bo-lovchi vazifasini bajaradi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Matn o'lchami