Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga qarashli Sherobod tumani V.Qodirov hududidagi “17-sonli” va “24-sonli” meliorativ qudug‘larni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga berish loyihasi bo‘yicha e’lon

Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga qarashli Sherobod tumani V.Qodirov hududidagi “17-sonli” va “24-sonli” meliorativ qudug‘larni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga berish loyihasi konsepsiyasi tasdiqlandi. Mazkur loyiha konsepsiyasining potensial davlat sherigi – O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi hamda vakolatli davlat organi – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi loyihada qatnashuvchi talabgorlar o‘rtasida tender e’lon qiladi.

Qiziqish bildirish uchun so‘rov formasi

Loyiha konsepsiyasi

Tenderda qatnashish shartlari:

– talabgorlar qishloq va suv xo‘jaligi sohasida yetarli darajada malaka tajribaga ega bo‘lishi;

– moddiy va texnik jihatdan ta’minlangan bo‘lishi lozim.

Qatnashchilar so‘rov formasi va takliflarini 2022 yil 2 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha topshirishlari kerak.

Murojaat uchun manzil:

Suv xo‘jaligi vazirligi, 100187, Toshkent shahri, Qorasuv massivi-4, 11-uy. Tel.: (71) 202-47-93; e-mail: dxsh@minwater.uz.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan