DIQQАT E’LON! Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!

O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 10 maydagi “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi OʼRQ-537-son Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 259-sonli qaroriga asosan “YUKSALISH KO‘KLAM SAVDO” masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Shaxant” madaniyat markazini davlat-xususiy sheriklik asosida rekostruksiya qilish va foydalanish bo‘yicha tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha kontseptsiyasi taqdim etilgan.

Mazkur loyiha, Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Shaxant” madaniyat markazida zamonaviy to‘garaklar, jamolar, studiyalar o‘quv kurslari tashkil etiladi hamda madaniy xizmatlar ko‘rsatiladi rejalashtirilgan.

Tenderda qatnashish uchun tadbirkorlar tomonidan qiziqish bildirish uchun soʼrov va tendr takliflarini 2022 yil 26 may kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 18.00 gacha topshirilishi kerak.

Qiziqish bildirish uchun soʼrov shakli.

Loyiha kontseptsiyasi.

Loyiha haqida ma’lumot

Qiziqish bildirish uchun soʼrov va tendrlar (takliflar) quyidagi manzillarda qabul qilinadi:

Oʼzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi T.Shevchenko, 1-uy (dxsh.madaniyat@exat.uz).

Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi Toshkent shahar, Sh.Rashidov shox koʼchasi, 16-uy.

E-mail: pppinfo@ppp.mf.uz  AbduvoxidX@ppp.mf.uz Теl: 71-203-03-07 (701).

“DXSh toʼgʼrisida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun soʼrov va tender takliflari olingan taqdirda, Madaniyat vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabusskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender oʼtkaziladi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Matn o'lchami