[:uz]O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan respublikaning mas’ul vazirlik va idoralar bilan bigalikda 2019-2022 yillarda umumiy qiymati 2,68 mlrd.dollardan ortiq bo‘lgan jami 293 ta davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalari bo‘yicha ishlar olib borildi.

Jumladan, energetika sohasida 5 ta, kommunal xizmatlar sohasida 3 ta, sog‘liqni saqlash sohasida 32 ta, suv xo‘jaligi sohasida 105 ta, ekologiya sohasida 62 ta, ta’lim sohasida 49 ta, hunarmandchilik sanoati sohasida 13 ta, madaniyat sohasida 20 ta hamda transport, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish, axborot texnologiyalari va huquqni muhofaza qilish sohalarida 1 tadan loyihalarni tashkil etadi.

Shundan:

  • DXSh to‘g‘risidagi bitim imzolangan loyihalar soni – 230 ta;
  • DXSh to‘g‘risidagi bitimi imzolanish arafasida bo‘lgan loyihalar soni – 17 ta;
  • Tender bosqichida bo‘lgan loyihalar soni – 46 tani tashkil etadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-60-son Farmoni 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Davlat dasturining

105-bandiga muvofiq, davlat-xususiy sheriklik asosida energetika, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ekologiya, kommunal xizmatlar, suv xo‘jaligi va boshqa sohalarga qiymati qariyb 14 mlrd.dollardan iborat bo‘lgan 154 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Mazkur davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalarini sohalar kesimida tahlil qilinganda quyidagilar ma’lum bo‘ldi. Jumladan:

Energetika sohasi:

2020-2022 yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida energetika sohasida 5 ta loyihalar bo‘yicha ishlar tashkil etilgan bo‘lib, shundan:

  1. Evropa tiklanish va taraqqiyot banki hamkorligida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak tumanida 100 MVt shamol elektr stantsiyasini qurish loyihasi bo‘yicha 2021 yil 17 dekabr kuni DXSh to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Loyiha qiymati – 108 mln.dollarni va loyiha muddati 25 yilni tashkil etadi.
  2. Bundan tashqari, yana 4 ta DXSh loyihasi bo‘yicha tender savdolari davom etmoqda. Bular:
  • Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikdagi Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida 300 MVt quvvatga ega quyosh foto elektr stantsiyasini qurish loyihasi (loyihaning dastlabki qiymati – 210 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil);
  • Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikdagi Buxoro viloyati Olot tumanida 250 MVt quvvatga ega quyosh foto elektr stantsiyasini qurish loyihasi (loyihaning dastlabki qiymati – 213 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil);
  • Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikdagi Xorazm viloyati Xozarasp tumanida 100 MVt quvvatga ega quyosh foto elektr stantsiyasini qurish loyihasi (loyihaning dastlabki qiymati – 61 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil);
  • Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikdagi Namangan viloyati Pop tumanida 150 MVt quvvatga ega quyosh foto elektr stantsiyasini qurish (loyihaning dastlabki qiymati – 92 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil).

Shuningdek, 2022-2026 yillar davomida energetika sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 9 ta loyiha bo‘yicha hujjatlar tayyorlash va o‘rganish ishlari davom etmoqda. Bular:

  • Evropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 200 MVt Shamol elektr stantsiyasini qurish (EBRD Wind II);
  • Evropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 700 Mvt Shamol elektr stantsiyasini qurish (EBRD Wind III);
  • Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida 100 MVt Quyosh fotoelektr stantsiyasini qurish (ADB Solar 3);
  • Toshkent shahridagi 4 ta issiqlik elektr stantsiyalarni modernizatsiya qilish va kogeneratsion texnologiyalarni joriy etish (1-bosqich, Stone City tashabbusi bilan);
  • Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida 150 MVt Quyosh fotoelektr stantsiyalarini qurish (ADB Solar 4);
  • Hududlarda “Toyota Tsusho” Corp. bilan hamkorlikda 500 MVt shamol elektr stantsiyasini qurish  (240-720 saqlash batareyalari bilan);
  • Jizzax viloyati gaz ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish va boshqarish («AKSA Dogal Gas» Turkiya kompaniyasi tomonida qiziqish bildirilmoqda);
  • Toshkent shahar gaz ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish va boshqaruvga topshirish;
  • Toshkent shahar elektr energiyasi taqsimot tarmog‘ini boshqaruvga topshirish loyihalaridir.

Ta’lim sohasi:

  1. 2019-2022 yillarda umumiy qiymati 38,9 mln AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan jami 49 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha ishlar olib borildi.

Jumladan:

Mazkur sohada jami 33 ta umumiy qiymati 12,8 mln AQSh dollari miqdoridagi DXSh to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.

Bular quyidagilardan iborat:

Respublika hududlarida 25 ta DXSh asosida nodavlat maktablarni tashkil etish;

Respublikadagi 5 ta umumta’lim maktablarining bo‘sh er maydonlarida DXSh asosida sport maydonlarini qurish;

DXSh asosida «Kundalik» avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish va umumta’lim maktablarida joriy etish hamda texnik xizmat ko‘rsatish;

Toshkent shahri xududida joylashgan maktablarda DXSh asosida “O‘quvchilar davomatini elektron xisobga olishning markazlashgan tizimi”ni joriy etish;

Xalq ta’limi muassasalarida faoliyat olib borayotgan pedagog xodimlarni fan yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini bilish darajasini hamda malaka toifasini aniqlash uchun DXSh asosida shaffof test sinovlarini o‘tkazish uchun zamonaviy test markazlarini tashkil etish loyihalari.

Shuningdek, umumiy qiymati 5,1 mln AQSh dollari miqdoridagi 7 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalarining tender jarayonlari yakunlanib, tender g‘oliblari bilan DXSh bitimlari rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, umumiy qiymati 21,06 mln AQSh dollari miqdoridagi jami bo‘lib 9 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha tender jarayonlari davom etmoqda.

  1. Shuningdek, 2022-2026 yillar davomida ta’lim sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 6 ta yirik loyihalar bo‘yicha hujjatlar tayyorlash va o‘rganish ishlari olib borilmoqda, ushbu loyihalar bo‘yicha 2021 yilning 29-30 sentabr kunlari “Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” mavzusida o‘tkazilgan O‘zbekiston iqtisodiy forumi davomida xalqaro xakorlar bilan davlat-xususiy sheriklik asosida maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish bo‘yicha Memorandumlar imzolandi. Jumladan:

Osiyo taraqqiyot bankining maslahat ko‘magi bilan qiymati taxminan 80 mln.AQSh dollariga teng bo‘lgan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida quvvati 28 512 o‘rinli 16 ta umumta’lim maktablarini DXSh asosida qurish loyihasi kontseptsiyasi va texnik-iqtisodiy asoslash hujjati ishlab chiqilmoqda;

Xalqaro moliya korporatsiyasining maslahat ko‘magi yordamida qiymati tahminan 50 mln.AQSh dollariga teng bo‘lgan Respublikada DXSh asosida 15 ta umumta’lim maktablarini barpo etish loyihasi uchun Andijon va Samarqand viloyatlarida tumanlar kesimida hududlarni tanlash maqsadida ularni baholash ishlari davom etmoqda;

Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining maslahat ko‘magi yordamida qiymati tahminan 50 mln.AQSh dollariga teng bo‘lgan Respublikada DXSh asosida 15 tagacha umumta’lim maktablarini barpo etish loyihasi bo‘yicha maslahat ko‘magi bitimini tayyorlash ishlari olib borilmoqda;

“Delphos International” kompaniyasi ko‘magida hududlarda DXSh asosida 50 ta umumta’lim maktablarini tashkil etish loyihasi bo‘yicha maslahat ko‘magi bitimini tayyorlash ishlari olib borilmoqda;

Osiyo taraqqiyot banki maslahat ko‘magi bilan qiymati tahminan 50 mln.AQSh dollariga teng bo‘lgan Respublikada DXSh asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini (bog‘chalar) qurish, rekonstruktsiya qilish loyihasi bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar to‘plandi va Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ish ko‘lami hamda maslahat ko‘magi bitim loyihasi ustida ishlamoqda;

DXSh asosida 100 ta oliy ta’lim muassasalari uchun talabalar turar joylarini tashkil etish loyihasi bo‘yicha Evropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan maslahat xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha maslahat ko‘magi bitimini tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

Ekologiya sohasi:

  1. 2019-2022 yillarda jami 62 ta davlat-xususiy sheriklik (DXCh) loyihalari bo‘yicha, ya’ni umumiy qiymati 103, 2 mln. dollardan ortiq bo‘lgan loyihalar ustida ishlar olib borildi.

Jumladan:

Buxoroda 1 ta,  Namanganda 2 ta,  Navoiyda 2 ta,  Farg‘onada 9 ta,  Xorazmda 3 ta,  Samarqandda 1 ta,  Andijon viloyatida 7 ta va Toshkent viloyatlarida 2 tajami 27 ta qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash,  olib chiqish,  saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida DXCh to‘g‘risidagi bitimlar imzolangan bo‘lib,  ishlar boshlab yuborilgan.

Shuningdek,  umumiy qiymati 2, 17 mln AQCh dollari miqdoridagi Samarqand viloyatidagi amalga oshirilayotgan 3 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalarining tender jarayonlari yakunlanib,  tender g‘oliblari bilan DXCh bitimlari rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 ta,  Farg‘ona viloyatida 1 ta,  Buxoroda 4 ta,  Jizzaxda 3 ta,  Sirdaryoda 1 ta,  Namanganda 3 ta,  Surxondaryoda 3 ta va Qashqadaryo viloyatlarida 14 ta,  jami bo‘lib 32 ta umumiy qiymati 35, 7 mln AQCh dollari miqdoridagi davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha tender jarayonlari davom etmoqda.

  1. Bundan tashqari, 2022-2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarida qattiq maishiy chikindilarni to‘plash,  olib chiqish,  saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha jami 38, 4 mln. dollar miqdordagi 32 ta loyihalarni davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish rejalashtirilgan.
  2. Shuningdek, 2021 yilning 29-30 sentabr kunlari “Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” mavzusida o‘tkazilgan O‘zbekiston iqtisodiy forumi davomida davlat-xususiy sheriklik asosida umumiy qiymati 300 mln. dollar bo‘lgan Toshkent shahar va Toshkent viloyatida maishiy chiqindilarni to‘plash,  olib chiqish,  saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini tashkil etish loyihasini Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida amalga oshirish uchun Memorandum imzolandi.  Bugungi kunda loyiha hujjatlarini tayyorlash ishlari davom etmoqda.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Ch. Mirziyoevning siyosiy partiyalar vakillari bilan 2021 yil 2 fevralda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Ekologik partiyasining chora-tadbirlar rejasining 17-bandida tibbiyot chiqindilari bilan ishlashni davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirishni joriy etish belgilangan.

Shuningdek,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-60-son Farmoni 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Davlat dasturining 292-bandida Tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilish tizimini yaratish,  80 ta maxsus texnika,  20 ta zararsizlantirish uskunasi (avtoklav),  40 ta utilizatsiya qilish uskunasi (insinirator) va 60 ta tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilish uchastkalarini qurish bo‘yicha 2022 yil oktyabr oyiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi kiritish topshirig‘i berilgan.

Bunda,  ushbu tadbirlar uchun talab etiladigan mablag‘larni moliyalashtirish manbasi etib davlat byudjeti,  grant va boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishi belgilangan.

Ushbu topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida,  Davlat ekologiya qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot chiqindilarini to‘plash,  tashish,  saqlash,  zararsizlantirish,  utilizatsiya qilish,  yoqish va ko‘mish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan birgalikda Prezident Qarori loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Kommunal xizmatlar sohasi:

  • Kommunal xizmatlar sohasida 2019 – 2022 yillar davomida 3 ta DXSh loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilgan va quyidagi 3 ta loyiha bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan:
  • Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish loyihasi (loyiha qiymati – 1,4 mlrd. evro; loyiha muddati – 30 yil) bo‘yicha xususiy tashabbuskor – Frantsiyaning “Veolia” kompaniyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borildi hamda DXSh bitimi 30.09.2021 da imzolandi.
  • Andijon viloyati Bo‘ston tumani ijtimoiy soha ob’ektlarining isitish tizimini modernizatsiya qilish loyihasi (loyiha qiymati – 0,57 mln. AQSh dollari; loyiha muddati – 10 yil).
  • Bundan tashqari Namangan shahar kanalizatsiya tozalash inshootini modernizatsiya qilish DXSh loyihasi bo‘yicha tenderi g‘olibi aniqlangan va 2022 yil 24 fevral kuni bitim imzolandi (loyiha qiymati – 90 mln. AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil; tender g‘olibi – Metito komnaniyasi).

2. Shuningdek, 2022-2026 yillar davomida kommunal xizmatlar ko‘rsatish sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 3 ta loyihalar bo‘yicha hujjatlar tayyorlash va o‘rganish ishlari davom etmoqda:

  • Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida Toshkent shahar oqova tozalash inshootini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish;
  • Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida Jizzax va Buxoro viloyatlarida issiqlik ta’minoti tiziminim davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida modernizatsiya qilish.

Transport sohasi:

Transport sohasida 2019 – 2022 yil davomida 5 ta yirik davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilgan bo‘lib, shundan 1 ta loyiha bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan:

  • Samarqand xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish loyihasi (loyiha qiymati – 82,8 mln. AQSh dollari; loyiha muddati – 20 yil). DXSh to‘g‘risidagi bitim 23.09.2021 da imzolangan. Bugungi kun holatida ushbu loyiha bo‘yicha davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bitimi loyiha o‘rganilib chiqilmoqda.

Shuningdek, 2022-2026 yillar davomida transport sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 4 ta loyihalar bo‘yicha hujjatlar tayyorlash va o‘rganish ishlari davom etmoqda:

  • Jahon banki maslahat ko‘magida amalga oshirilayotgan Toshkent-Andijon pullik avtomobil yo‘lini qurish loyihasi bo‘yicha Yakuniy Texnik iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish uchun konsalting kompaniyani jalb qilish ishlari davom etmoqda;
  • Evropa tiklanish va taraqqiyot banki maslahat ko‘magida amalga oshirilayotgan Toshkent-Samarqand pullik avtomobil yo‘lini qurish loyihasi bo‘yicha Yakuniy Texnik iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish uchun konsalting kompaniyani jalb qilish ishlari davom etmoqda;
  • Samarqand va Shahrisabz shaharlari orasida 66 kmlik avtomobilь yo‘li va Tahtaqoracha dovonida 4,4 kmlik tunnelь qurish loyihasi uchun Islom taraqqiyot bankini jalb qilish ishlari davom etmoqda;
  • Toshkent shahar va hududiy xalqaro aeroportlarni modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish loyihalari bo‘yicha Jahon banki tomonidan o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Sog‘liqni saqlash sohasi:

  1. Sog‘liqni saqlash sohasida 2019 – 2022 yillar davomida 32 ta DXSh loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilgan va jami qiymati 35,8 mln.AQSh dollari bo‘lgan 29 ta loyiha bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan.

Shuningdek, yana umumiy qiymati 7,6 mln. AQSh dollari bo‘lgan 2 ta DXSh loyihasi bo‘yicha tender bosqichlari yakunlanib, DXSh bitimi imzolanishi arafasida.

Bundan tashqari, umumiy qiymati 0,9 mln AQSh dollari miqdoridagi 1 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha tender jarayonlari davom etmoqda.

  1. 2022-2026 yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 3 ta yirik loyihalar bo‘yicha tegishli hujjatlar tayyorlash va o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Jumladan:

Xalqaro moliya korporatsiyasining maslahat ko‘magida Farg‘ona, Toshkent, Samarqand va Xorazm viloyatlarida Nurli (Radio) terapiya tibbiyot markazini tashkil etish loyihasining kontseptsiyasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi va hozirda tender hujjatlari tayyorlanmoqda;

Xalqaro moliya korporatsiyasining maslahat ko‘magida Farg‘ona viloyatida ko‘p tarmokli shifoxona tashkil etish loyihasi bo‘yicha Jahon bankining “Institutsional salohiyatni oshirish” kredit liniyasi hisobidan yuridik maslahatchilar jalb qilinmoqda;

Osiyo taraqqiyot bankining maslahat ko‘magida Andijon va Buxoro viloyatlarida poliklinika va tibbiyot markazlarini tashkil etish loyihalari bo‘yicha dastlabki o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Suv xo’jaligi sohasida:

 2019 – 2022 yil davomida suv xo‘jaligi sohasida 105 ta DXSh loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi hamda bugungi kun holatiga umumiy qiymati 27,5 mln. AQSh dollari bo‘lgan 105 ta loyiha bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan.

2022-2026 yillar davomida suv xo‘jaligi sohasida Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi nasos stantsiyalarini muqobil energiyasi bilan ishlatish loyixasini Germaniyaning «Mikara» kompaniyasi bilan amalga oshirish va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi nasos stantsiyalarini muqobil energiyasi bilan ishlatish loyixasini BAA ning «Alcazar» kompaniyasi bilan amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro muzokaralar olib borilmoqda.

Madaniyat sohasi:

2019 – 2022 yil davomida ta’lim sohasida umumiy qiymati 7,69 mln. AQSh dollari bo‘lgan 20 ta DXSh loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi va ushbu loyihalar bo‘yicha 15 ta DXSh bitimi imzolandi.

Shuningdek, madaniyat sohasida umumiy qiymati 2,47 mln. AQSh dollari bo‘lgan 5 ta DXSh loyihasi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda va bitim imzolanishi arafasida.

Axborot texnologiyalari sohasi:

2019 yilda «CPRT TURON» MChJ tomonidan tashabbus qilingan alkagol va tamaki mahsulotlari uchun markirovkalarni monitoring qilish va mahsulotni kuzatish bo‘yicha milliy axborot tizimini yaratish, ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha DXSh loyihasining bitimi imzolangan (loyihaning dastlabki qiymati – 5 mln. AQSh dollari).

Hunarmandchilik sanoati sohasi:

2021 yil davomida sanoat sohasida umumiy qiymati 0,54 mln AQSh dollari bo‘lgan sohasida 13 ta DXSh loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi va ushbu loyihalar bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish sohasida 2021 yilda «Xorazm baliq sanoat agro» MChJ tomonidan tashabbus qilingan Toshkent viloyati Yangi yo‘l tumanidagi Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutda nasilchilikni rivojlantirish kompleksini tashkil etish DXSh loyihasi bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan (loyihaning dastlabki qiymati – 5 mln. AQSh dollari).

Huquqni muhofaza qilish sohasida Navoiy viloyati prokuraturasi faoliyatini rivojlantirsh uchun infratuzilma ob’ektlarini DXSh shartlari asosida qurish loyihasi  bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan (loyiha qiymati – 3 mln. AQSh dollari; loyiha muddati – 3 yil).[:]