QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASIDA QUVVATI 200 MVT BO‘LGAN NAVBATDAGI SHAMOL ELEKTR STANSIYASINI QURISH UCHUN TENDER E’LON QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati (Hukumat) 2030 yilgacha mamlakatimizda 12 GVt quvvatga ega ekologik toza energiya ishlab chiqarish maqsadida keng ko‘lamli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirmoqda.

Ushbu tashabbus doirasida Hukumat Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) bilan umumiy quvvati 2 000 MVt (Shamol dasturi) bo‘lgan yirik shamol energetikasi loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik qilish uchun o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Natijaja, 2021 yil oktabr oyida Shamol dasturi doirasida 100 MVt quvvatga ega birinchi loyiha tenderi muvaffaqiyatli yakunladi.

Mustaqil energiya ishlab chiqaruvchisini tanlash bo‘yicha ushbu tender orqali dasturning ikkinchi loyihasi – 200 MVt quvvatga ega navbatdagi shamol elektr stansiyasini Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy va Qorao‘zak tumanlarida barpo etish rejalashtirilgan.

Loyihaning amalga oshirilishiga malakali investorlarni jalb qilish va tanlash maqsadida “Dastlabki malaka hujjatlari to‘plamini taqdim etishga doir so‘rov” (RFQ) jarayoni bilan boshlanuvchi ikki bosqichli tender jarayoniga start berildi. So‘ngra “Taklif uchun so‘rov” (RFP) jarayoni amalga oshiriladi.

Hukumat loyiha uchun RFQ ishga tushirilganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi va ushbu loyihaga qiziqqan ishlab chiquvchi – investorlarni o‘zlarining “Dastlabki malaka hujjatlari to‘plami”ni (SOQ) 2022 yil 30 iyunga qadar (Toshkent vaqti bilan soat 18:00)  topshirishlari mumkin.

Barcha manfaatdor investorlar quyidagi elektron pochta manzillari orqali RFQ bosqichida ishtirok etishlari mumkin. Bunda RFQ hujjatini yuklab olish va virtual ma’lumotlar portaliga (VDR) kirish huquqini berish uchun qiziqish bildirgan investorlar elektron pochta manzillari ro‘yxatini (5 tagacha elektron pochta manzili) taqdim etishlari lozim bo‘ladi.

  • wind.nukus.tender@minenergy.uz
  • tilabov.s@minenergy.uz
  • xxasanov@ppp.mf.uz
  • mf210@mift.uz
  • projectuzbek_wind_fa@synergyconsultingifa.com

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmati

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Matn o'lchami