DIQQAT EʹLON ! KORXONA VA TAShKILOTLAR DIQQATIGA!
Davlat soliq qo‘mitasi Sizni “Ishonchli hamkor” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihasini (keyingi o‘rinlarda – Loyiha) amalga oshirishda Davlat sherigi uchun eng yaxshi takliflar va talabgorlarning imkoniyatlarini dastlabki baholashdan o‘tkazgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda ishtirok etishga taklif qiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 18 avgustdagi “Uchinchi shaxslarga soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish chora-tadbirlari haqida” 529-sonli qarori.
Loyihani amalga oshirish bo‘yicha xususiy sherik xarajatlarining yuqori chegarasi – 7,2 mlrd.so‘m (Loyiha baholash hujjatida taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq).
Loyihani ishga tushirish muddati – Loyihani baholash hujjatida ko‘rsatilgan jadvalga muvofiq Davlat sherigi bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim tuzilgan kundan boshlab 15 kalendarь kuni.
Loyiha muddati – 5 yil (kelgusida muddat tomonlarning kelishuvi asosida uzaytirilishi mumkin).
Takliflarni yig‘ish va baholash ishlari bo‘yicha tashkilotchi – “Business-Empire”.
Davlat-xususiy sheriklik loyihasining Kontseptsiyasi va loyiha baholash hujjatini Tashkilotchidan olish mumkin.
Tashkilotchining elektron pochta manzili – business-empire@mail.ru
Tashkilotchiga murojaatlar uchun mas’ul shaxs – Esonaliev Jaxongir
Tashkilotchi bilan bog‘lanish uchun telefon raqami – (99) 991-49-45
Loyihani moliyalashtirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar natijasiga ko‘ra tanlangan Ishtirokchining (keyingi o‘rinlarda – Xususiy sherik) o‘z va jalb qilgan mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Quyidagi hollarda Ishtirokchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi:
– ariza berish vaqtida qayta tashkil etish, tugatish va bankrotlik bosqichida bo‘lganda;
– ariza berish vaqtida muddati o‘tgan soliq qarzlari mavjud bo‘lganda;
– oxirgi bir yil davomida yuridik shaxs rahbariga nisbatan moliyaviy sanktsiyalar qo‘llanilgan bo‘lsa;
– Soliq sohasida jamoatchilik nazorati portalida “soliq sohasidagi top huquqbuzarlar” reestriga kiritilgan bo‘lsa (https://my2.soliq.uz/main/info/topoffenders);
– Davlat sherigi bilan ilgari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha o‘z majburiyatlari bajarilmagan yoki noto‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa;
– Davlat sherigi bilan sud yoki hakamlik muhokamasi holatida bo‘lganda.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda ishtirok etish uchun siz taklifingizni Tashkilotchining elektron pochta manziliga yuborishingiz lozim.
Takliflarni taqdim etishning oxirgi muddati – 2022 yil 1 may 18:00 gacha.
Qiziqish bildirmsh uchun so‘rovnoma
Izoh:
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar bosqichlari boshlanishidan avval takliflar Davlat sherigi uchun eng yaxshi takliflar va talabgorlarning imkoniyatlarini (loyihani amalga oshirish salohiyati) inobatga olgan holda Tashkilotchi hamda Davlat sherigi (Davlat sherigining vakolat berilgan mansabdor shaxslari) tomonidan tasdiqlangan To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar bo‘yicha talabgorlarni tanlab olishga doir hujjatlarda ko‘rsatilgan talablar va tartib asosida dastlabki baholashdan o‘tkaziladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar bosqichlarining muddatlari Davlat sherigi tomonidan belgilanadi va bu haqda talabgorlar Tashkilotchi tomonidan xabardor qilinadi.
Yangi sharhlar