TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi “Respublikada oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarorida Davlat-xususiy sheriklik asosida talabalar turar joylarini barpo etish belgilangan.
Qarorda oliy ta’lim muassasalarining o’sib borayotgan ehtiyojlarini o’z vaqtida ta’minlash maqsadida infratuzilma ob’yektlarini qurish, ta’mir talablarini rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanishni tashkil etish ishlariga xususiy investitsiyalarni jalb qilish ko’zda tutilgan.
Аndijon davlat tibbiyot institutiga xususiy tashabbuskor “ASADILLO OMAD IMKON” MCHJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Andijon viloyati, Andijon shahri, Navoiy shoh ko‘chasi 124-uyi manzildagi Andijon davlat tibbiyot instituti qoshidagi Akademik litsey xududi 0,3 gektar maydoniga 400 o‘rinli talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.
O’zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida” 2019-yil 10-maydagi O’RQ-537-son Qonuniga va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to’g’risida” 2020-yil
26-apreldagi 259-son qaroriga muvofiq mazkur loyihaning konsepsiyasi institut rektori tomonidan joriy yilning 14-martida tasdiqlangan.
Xususiy tashabbuskor Andijon davlat tibbiyot instituti talabalarini zamonaviy shinam turar joy bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
Ushbu loyihani amalga oshirishda manfaatdor tomonlar qiziqish bildirish uchun so’rov va takliflarini 2022-yil 15-may Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha topshirishlari lozim.
Qiziqish bildirish uchun so’rov formasi
Qiziqish bildirish uchun so’rov va tenderlar (takliflar) quyidagi manzillarda qabul qilinadi:
- Andijon davlat tibbiyot instituti manzili: 710027 Andijon viloyati, Andijon shahar, Yu.Otabekov ko’chasi 1- uy, E-mail: agmi-361@umail.uz, veb-sayt: adti.uz,
Tel.: +99874 223-94-57, 98 570-31-91, faks: 8(374) 223-94-50; - Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi manzili: 100095 Toshkent shahri, 2-Chimboy ko’chasi, 96-uy, E-mail: devonxona@edu.uz, edu@exat.uz, veb-sayt: edu.uz,
Telefon raqami: +99871 246 04 27; - Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Sh.Rashidov shoh ko’chasi 16-uy, E-mail: pppinfo@ppp.mf.uz, AbduvoxidX@ppp.mf.uz, Tel: 71-203-03-07 (701).
“DXSH to’g’risida”gi qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so’rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, Oliy ta’lim vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o’tkazadi.
Yangi sharhlar