TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!

Samarqand viloyati, Jomboy tumani “Zarafshon” kinoteatrini davlat-xususiy sheriklik asosida rekonstruksiya qilish, jixozlash va foydalanish bo’yicha xususiy tashabbuskor «Islom Firdavs agro» MChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Samarqand viloyati, Jomboy tumani, Jomboy shaharchasida joylashgan “Zarafshon” kinoteatrida kinoteatr, kafe va restoran xizmatlarini ko’rsatish rejalashtirilgan.

O’zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida” 2019-yil 10-maydagi O’RQ-537-son Qonuniga va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to’g’risida” 2020-yil 26-apreldagi 259-son qaroriga muvofiq mazkur loyihaning konsepsiyasi Kinematografiya agentligi tomonidan joriy yilning 16-martida tasdiqlangan.

Ushbu loyihani amalga oshirishda manfaatdor tomonlar qiziqish bildirish uchun so’rov va takliflarini 2022-yil 12-may Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha topshirishlari lozim.

Qiziqish bildirish uchun so’rov formasi

Loyiha konsepsiyasi

Loyiha haqida ma’lumot

Qiziqish bildirish uchun so’rov va tenderlar (takliflar) quyidagi manzillarda qabul qilinadi:

  1. Kinematografiya agentligi manzili: Toshkent shahri, Сhilonzor ko’chasi, 1A-uy E-mail: info@uzbekkino.uz, uzbekkino@exat.uz, veb-sayt: http://www.uzbekkino.uz, Telefon raqami: 71 277-81-02, 71 277-81-44, 97 925-11-16;
  2. Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Sh.Rashidov shoh ko’chasi 16-uy,  E-mail: pppinfo@ppp.mf.uz, AbduvoxidX@ppp.mf.uz, Tel: 71-203-03-07 (701).

“DXSH to’g’risida”gi qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so’rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, Oliy ta’lim vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o’tkazadi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Matn o'lchami