XUSUSIY SEKTORNI RIVOJLANTIRISH O‘ZBEKISTONDAGI ISLOHOTLAR UCHUN MUHIM BO‘LIB QOLMOQDA – OTB PREZIDENTI

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar uchun xususiy sektorni rivojlantirish muhim bo‘lib qolmoqda va mamlakatning inklyuziv va barqaror o‘sish sari intilishida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) mamlakatga xususiy sektorni mustahkamlashda ko‘maklashishni davom ettiradi, -dedi OTB Prezidenti Masatsugu Asakava.

«OTB O‘zbekistonning iqtisodiyotdagi xususiy sektor ishtirokini oshirish bilan birga tarkibiy islohotlarga ustuvor ahamiyat berishini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi» – dedi janob Asakava OTB Prezidenti sifatida O‘zbekistonga birinchi tashrifi chog‘ida. «Biz xususiy sektorning iqtisodiy rivojlanishning oldingi qatoriga olib chiqishga intilamiz. Moliyaviy manbalardan tashqari, biz islohotlarni qo‘llab-quvvatlashni va strategik sektorlarga, jumladan, bank, energetika va suv ta’minoti kabi sohalardagi davlat korxonalariga yordam berishda davom etamiz”.

O‘zbekiston davlat xizmatlarining 20 foizini xususiy sektorga o‘tkazish va 2026 yilga borib xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga etkazishni maqsad qilgan. OTB O‘zbekiston xususiy sektorining moliya, infratuzilma va agrobiznes sohalarida faol ishlamoqda.

O‘zbekiston OTBning davlat-xususiy sheriklik (DXSh) tranzaktsiyalari bo‘yicha maslahat yordami taqdim etish bo‘yicha eng yirik mijozidir. Bank O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya, suv va oqava suvlar hamda markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti bo‘yicha uchta tranzaktsiya maslahat mandatlarini muvaffaqiyatli yakunladi. OTB sog‘liqni saqlash, qattiq maishiy chiqindilar, ta’lim, oqava suvlar va qayta tiklanadigan energiya sohalarida yangi DXSh loyihalarini ishlab chiqish ustida ishlamoqda. OTB, shuningdek, Hukumatga mamlakatning DXSh to‘g‘risidagi qonunini ilg‘or xalqaro tajribaga muvofiq qayta ko‘rib chiqishda va infratuzilmada xususiy sektor ishtirok etishi uchun yanada kuchliroq qulay muhit yaratishda yordam berdi.

Barqaror rivojlanish uchun O‘zbekistonda davom etayotgan yashil o‘tish juda muhimdir. Mamlakat 2030 yilgacha energiyaning 25 foizini qayta tiklanadigan manbalardan olishni maqsad qilgan va OTB quyosh, shamol va gidroenergetika loyihalari orqali bu maqsadga o‘z hissasini qo‘shmoqda. O‘zbekistonning yashil iqtisodiyotga intilishi xalqaro hamkorlar bilan bo‘lgan savdo ko‘lamining oshishi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishi mumkin.

Markaziy Osiyo mamlakatlari koronavirus (COVID-19) pandemiyasidan tiklanar ekan, mintaqaviy hamkorlik va integratsiya tufayli yaratilgan yangi imkoniyatlar muhim hisoblanadi. O‘zbekiston dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan mamlakatlar sirasiga kirar ekan, u Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturining (MOMIH) a’zosi sifatida savdo va transport aloqasi hamda mintaqaviy energiya savdosidan foyda ko‘radi.

OTB 2002 yildan beri MOMIH tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda va hozirda O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy qismidagi Qo‘ng‘irot va Qozog‘istonning Dout-Ota shaharlari o‘rtasidagi 240 kilometrlik avtomobil yo‘lini tiklashda yordam bermoqda. Bank, shuningdek, mintaqaviy energiya savdosini yaxshilash va milliy energiya tizimlari o‘rtasida yangi hamkorlikni rivojlantirish ustida ishlamoqda.

O‘zbekiston 1995 yilda OTBga a’zo bo‘ldi. Xozirga qadar bank mamlakatga 10 mlrd. dollardan ortiq qarzlar, grantlar va texnik ko‘mak ajratdi.

OTB ning maqsadi bo‘lib Osiyo va Tinch Okeani mintaqasida rivojlanish, tenglik va barqarorlikni ta’minlash va keskin qashshoqlikga qarshi kurash hisoblanadi.  OTB 1966-yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning aktsionerlari bo‘lib 68 ta a’zo mamlakat hisoblanadi va ulardan 49 tasi mintaqa mamlakatlaridir.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Matn o'lchami