Samarqand xalqaro aeroportining davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan yangi terminali ochildi

18 mart, 2022 yil.  Mirzo Ulug‘bekning “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” kitobining ochiq holdagi qiyofasida “Samarqand” xalqaro aeroporti foydalanishga topshirildi.

1967 yildan buyon ishlab kelayotgan “Samarqand” xalqaro aeroporti bugungi zamon talablariga javob bermay qolgan edi. 2019 yilda Samarqand shahrida sayyohlar hamda tijorat uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yangi loyihadagi aeroport qurilishi boshlandi.

“Samarqand” xalqaro aeroportini yirik transport xabiga aylantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi. Bunda mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar soni haftasiga 7 tadan 20 tagacha, geografiyasi 4 ta yo‘nalishdan 5 taga oshiriladi.

Xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar soni haftasiga 25 tagacha, geografiyasi 4 ta yo‘nalishdan 8 tagacha ko‘paytiriladi.

“Ochiq osmon” rejimini joriy etish hisobiga 8 ta xorijiy aviakompaniyani jalb qilish va 17 ta yangi muntazam xalqaro yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi. Shuningdek, yangi aeroport foydalanish barobarida uchish-qo‘nish yo‘lagi barpo etildi, zamonaviy radioaloqa va yoritish tizimi qurildi, 4 ta yangi trap tayyorlandi. Hududda 70 ta samolyot, 700 ta engil avtomobillar uchun maxsus bekatlar qurildi.

Bundan tashqari, turistlar oqimni keskin ko‘paytirish maqsadida “Samarqand” xalqaro aeroportning mahalliy temir yo‘l va avtobus qatnovlariga bog‘langan.

Ushbu aeroport transport sohasida davlat- xususiy sheriklik asosida amalga oshirilgan  ilk loyiha hisoblanadi. Xususiy hamkor va kompaniya boshqaruvchisi bo‘lib “Air Marakanda” mas’uliyati cheklangan jamiyati ishtirok etdi.

Xususiy sherik: “AIR MARAKANDA” MChJ XK

Davlat sherigi: “Uzbekistan Airports”AJ

Loyiha qiymati: 83 mln. AQSh dollari

Loyiha muddati: 20 yil

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Matn o'lchami