Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qoraqalpog‘iston nasos stantsiyalari va energetika boshqarmasiga qarashli Qonliko‘l tumanida joylashgan “Bekyab 48 NDn” nasos stantsiyasini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga berish loyihasi bo‘yicha e’lon

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qoraqalpog‘iston nasos stantsiyalari va energetika boshqarmasiga qarashli Qonliko‘l tumanida joylashgan “Bekyab 48 NDn” nasos stantsiyasini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga berish loyihasi kontseptsiyasi tasdiqlandi. Mazkur loyiha konseptsiyasining potentsial davlat sherigi – O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi hamda vakolatli davlat organi – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi loyihada qatnashuvchi talabgorlar o‘rtasida tender e’lon qiladi.

Qiziqish bildirish uchun so‘rov formasi

Loyiha kontseptsiyasi

Tenderda qatnashish shartlari:

– talabgorlar qishloq va suv xo‘jaligi sohasida etarli darajada malaka tajribaga ega bo‘lishi;

– moddiy va texnik jihatdan ta’minlangan bo‘lishi lozim.

Qatnashchilar so‘rov formasi va takliflarini 2022 yil 30 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha topshirishlari kerak.

Murojaat uchun manzil:

 Suv xo‘jaligi vazirligi, 100000, Toshkent shahri, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39A-uy. Tel.: (71) 202-47-93; e-mail: dxsh@minwater.uz.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Matn o'lchami