TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi “Respublikada oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarorida Davlat-xususiy sheriklik asosida oliy ta’lim muassasalari moddiy texnik bazasini rivojlantirishni jadallashtirish va talabalar turar joylarini barpo etish belgilangan.

Farmon va qarorda oliy ta’lim muassasalarining o’sib borayotgan ehtiyojlarini o’z vaqtida ta’minlash maqsadida infratuzilma ob’yektlarini qurish va ulardan foydalanishni tashkil etish ishlariga xususiy investitsiyalarni jalb qilish ko’zda tutilgan.

Аndijon iqtisodiyot va qurilish institutiga xususiy tashabbuskor “Zebuniso House” MCHJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Andijon viloyati, Andijon shahri, Navoiy shoh ko‘chasi 15-a uyi manzildagi Аndijon iqtisodiyot va qurilish institutning (0.3 gektar) yer maydonida 400 o’ringa mo’ljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.

O’zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida” 2019-yil 10-maydagi O’RQ-537-son Qonuniga va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to’g’risida” 2020-yil 26-apreldagi 259-son qaroriga muvofiq mazkur loyihaning konsepsiyasi institut tomonidan 2022 yil 7-martda tasdiqlangan.

Аndijon iqtisodiyot va qurilish instituti talabalarini zamonaviy shinam turar joy bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Ushbu loyihani amalga oshirishda manfaatdor tomonlar qiziqish bildirishi uchun so’rov va takliflarini 2022-yil 23-aprel Toshkent vaqti bilan soat 18.00 gacha topshirishlari lozim.

Qiziqish bildirish uchun so’rov formasi

Loyiha konsepsiyasi

Loyiha haqida ma’lumot

Qiziqish bildirish uchun so’rov va tenderlar (takliflar) quyidagi manzillarda qabul qilinadi:

  1. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi manzili: 100095 Toshkent shahri, 2-Chimboy ko’chasi, 96-uy, E-mail: devonxona@edu.uz, edu@exat.uz, veb-sayt: edu.uz,  Telefon raqami:  +99871 246 04 27;
  2. Аndijon iqtisodiyot va qurilish instituti manzili: 170100 Andijon viloyati, Andijon shahar, Navoiy shoh ko’chasi 15-a uy, E-mail: aiqi@edu.uz veb-sayt: eduaiqi.uz,
    Tel.: +99874 223-49-26, 98 570-08-05, faks: 8(374) 223-49-26;
  3. Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Sh.Rashidov shoh ko’chasi 16-uy,  E-mail: pppinfo@ppp.mf.uz, AbduvoxidX@ppp.mf.uz, Теl: 71-203-03-07 (701).

“DXSH to’g’risida”gi qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so’rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, Oliy ta’lim vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o’tkazadi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Matn o'lchami