Buxoro viloyati, Buxoro shaxri Navoiy ko‘chasi 1- uyda joylashgan Buxoro davlat tibbiyot institutining bosh ma’muriy binosi xududida 300 o‘rinli talabalar turar joyi binosini tashkil etish bo‘yicha xususiy tashabbuskorlardan takliflarini taqdim etish yuzasidan e’lon

Buxoro viloyati, Buxoro shaxri Navoiy ko‘chasi 1 uyda  joylashgan Buxoro davlat tibbiyot institutining bosh ma’muriy binosi xududida  300 o‘rinli  talabalar turar joyi binosini  tashkil etish bo‘yicha xususiy tashabbuskorlarga uzoq muddatda davlat xususiy sherikchiligi asosida berilishi  rejalashtirilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi mahalliy va xorijiy kompaniyalardan mazkur 1 ta 300 o‘rinli TTJ binosini qurish,  davlat-xususiy sheriklik asosida   boshqarish,  xamda investitsiyalar kiritish sharti   bilan TTJ  faoliyatni tashkil etish yuzasidan takliflarini Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etishlarini so‘raydi.

Davlat ob’ektlarining qisqacha tavsifi: Mazkur 300 o‘rinli  ob’ekt yangidan quriladigan bo‘lib, tashabbuskor investor ularni jihozlash, moliyalashtirish va uzoq muddat davomida talabalarga yotoqxona  xizmatlar yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatishni tashkil etishi ko‘zda tutiladi. Mazkur investitsiya loyihasini moliyalashtirish to‘liq tashabbuskor investor mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Investitsiya loyihasi amalga oshiriladigan hudud: Buxoro viloyati, Buxoro shaxri Navoiy ko‘chasi 1 uyda  joylashgan Buxoro davlat tibbiyot institutining bosh ma’muriy binosi xududi.

Buxoro shaxar Navoiy ko‘chasi 1- uyda joylashgan eski garaj binosi o‘rnida davlat xususiy sherikchiligi asosida 15 ta ishchi o‘rin yaratib  300 o‘rinli TTJ binosi quriladi.

Davlat ob’ektlari to‘g‘risidagi texnik ma’lumotlar va fotosuratlar ilova qilinadi.

Qiziquvchi kompaniyalar tomonidan ushbu ob’ektlarni borib ko‘rish maqsadida, har haftaning payshanba kuni soat 14-00 dan 17-00 ga qadar ochiq eshiklar kuni deb e’lon qilinadi.

Barcha qiziqtirgan savollar yuzasidan vazirlikning Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boshqarmasiga murojaat qilishingiz mumkin.

Kompaniyalar tomonidan investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflari tavsifi bilan 2022 yil 22 aprelь kuniga qadar quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi

Ilova qilinayotgan hujjatlar:

1) Loyiha kontseptsiyasi ;

2) Dastlabki malakani baholash hujjatlari ;

Elektron adres: info@minzdrav.uz

Telefon: (71) 241-86-13

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan