Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi xodimlari Turkiya Respublikasida bo‘lishdi

Mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish uchun ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida hamda Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi taklifiga ko‘ra, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri B.Musaev boshchiligidagi ishchi guruh 2-4 mart kunlari Turkiyaning Anqara va Istanbul shaharlarida bo‘ldi. Ushbu guruh tarkibida Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori v.b Z.Bozorov va agentlikning sog‘liqni saqlash sohasidagi DXSh loyihalariga mas’ul D.Kuldasheva ham muzokaralarda ishtirok etdi.

Tashrif davomida Turkiya Moliya va g‘aznachilik vazirligi, Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi, Strategiya va byudjet boshqarmasi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularda Turkiyaning Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirilishi bo‘yicha vakolatli davlat organlari, ya’ni tegishli vazirlik va idoralar bilan loyihalar yuzasidan ma’lumot almashildi.

Turkiya sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilgan davlat-xususiy sheriklik loyihalar, ularning moliyalashtirilishi va amalga oshirish usullari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, Davlat-xususiy sheriklik loyihalarining davlat byudjetiga ta’siri, ularning fiskal xatarlari o‘rganildi, bu borada tajriba almashildi.

Shuningdek, “Renaissance Holding” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazish jarayonida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida tibbiyot muassasalarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish mexanizmi bilan tanishildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Turkiya tajribasini respublikamizda tadbiq etish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Matn o'lchami