FARG‘ONA VILOYATIDA QUYOSH ELEKTRO STANSIYASINI QURISH DXSH LOYIHASINING TIZERI
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bilan birgalikda “Farg‘ona viloyatida quyosh fotoelektro stansiyasini qurish DXSH loyihasi”ning tizerini e’lon qiladi. Mazkur loyihaning dastlabki kutilayotgan quvvati 100 MVt ni tashkil etadi. Xususiy sherik (investor) xalqaro tender asosida tanlanadi.
Oʻzbekiston hukumati Osiyo taraqqiyot bankiga (OTB) Oʻzbekiston boʻylab umumiy quvvati 1 GVt gacha boʻlgan fotoelektr stansiyalarini qurish bo’yicha loyihalarni amalga oshirish dasturini ishlab chiqish boʻyicha maslahat xizmatlarini koʻrsatishni topshirdi.
Farg‘ona viloyatida quyosh fotoelektr stansiyasini qurish DXSH loyihasini amalga oshirishning taxminiy muddatlari:
Tenderning 1-bosqichining boshlanishi (RfQ): 2022 yil iyun
RfQ uchun ariza topshirishning oxirgi muddati: 2022 yil sentyabr
Tenderning 2-bosqichining boshlanishi (RfP): 2022 yil oktyabr
RfP bo’yicha takliflar taqdim etishning oxirgi muddati: 2023 yil fevral
Yangi sharhlar