DIQQАT E’LON! Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!

Oʼzbekiston Respublikasining 2019 yil 10 maydagi “Davlat-xususiy sheriklik toʼgʼrisida»gi OʼRQ-537-son Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 apreldagi “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish toʼgʼrisida”gi 259-sonli qaroriga asosan “Humo istirohat 777” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Samarqand viloyati, Jomboy tumanida joylashgan “Yoshlik” istirohat bog‘ini davlat-xususiy sheriklik asosida rekostruksiya qilish va foydalanish boʼyicha tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan.

Mazkur loyiha, Samarqand viloyati, Jomboy tumanida joylashgan “Yoshlik” istirohat bog‘i faoliyatini qayta takomillashtirish, yangi o‘yingohlar o‘rnatish, dam olish maskaniga keluvchilarni va sayyohlarni madaniy hordiq olishi uchun barcha qulayliklar yaratish rejalashtirilgan.

Tenderda qatnashish uchun tadbirkorlar tomonidan qiziqish bildirish uchun so‘rov va tendr takliflarini 2022 yil 10 aprel kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 18.00 gacha topshirilishi kerak.

Qiziqish bildirish uchun soʼrov shakli.

Loyiha kontseptsiyasi.

 Qiziqish bildirish uchun soʼrov va tendrlar (takliflar) quyidagi manzillarda qabul qilinadi:

  1. Samarqand viloyati, Jomboy tumani, Mustaqillik maydoni, 1 uy (Jomboy tumani hokimligi). E-mail: jomboytumani@gmail.com, jomboy.t@exat.uz, Tel: 66-475-11-33, 66-231-99-12
  2. Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Sh.Rashidov shoh ko’chasi 16-uy, E-mail: pppinfo@ppp.mf.uz, AbduvoxidX@ppp.mf.uz, Теl: 71-203-03-07 (701).

“DXSh toʼgʼrisida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun soʼrov va tender takliflari olingan taqdirda, Madaniyat vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabusskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender oʼtkaziladi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Matn o'lchami