DIQQАT E’LON! Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, bo‘sh turgan xalq ta’lim ob’ektida va bosh yer maydonida, xususan Samarqand viloyati Jomboy tumani, “Guliston” mahallasi, Galakapa ko‘chasi, 45-uyda joylashgan bo‘sh binoning bir qismida davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat ta’lim tashkilotini tashkil etish ko’zda tutilgan.

Samarqand viloyati Jomboy tumani, “Guliston” mahallasi, Galakapa ko‘chasi, 45-uyda joylashgan bo‘sh turgan binoning bir kismi va yer maydonida zamon talablariga mos keladigan 200 o‘rinli nodavlat ta’lim tashkilotini tashkil etish. Nodavlat ta’lim tashkilot tomonidan har yili qabul qilinadigan 200 ta o‘quvchilarning 25 foizgacha bepul asosida qabul qilinishini ta’minlash.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tasdiqlangan davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasini potentsial davlat sherigi tomonidan boshqa talabgorlarga davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish maqsadida o‘zining hamda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytida qirq besh kalendar kun muddatda e’longa joylashtirdi.

Qiziqish bildirish uchun so‘rov shakli

Loyiha konsepsiyasi

Tenderda qatnashish uchun manfaatdor tomonlar qiziqish bildirish uchun so‘rov va tender arizalarini (takliflarini) 2022-yil 9-aprel Toshkent vaqti bilan soat 18.00 gacha topshirishlari kerak.

Qiziqish bildirish uchun so’rov va tenderlar (takliflar) quyidagi manzilda qabul qilinadi:

  1. Samarqand viloyati, Jomboy tumani, Mustaqillik maydoni, 1 uy (Jomboy tumani hokimligi). E-mail: jomboytumani@gmail.com, jomboy.t@exat.uz, Tel: 66-475-11-33, 66-231-99-12
  2. Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Sh.Rashidov shoh ko’chasi 16-uy, E-mail: pppinfo@ppp.mf.uz, AbduvoxidX@ppp.mf.uz, Теl: 71-203-03-07 (701).

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tender arizalar (takliflar) olingan taqdirda, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkazadi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan