DIQQАT E’LON! Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!

Oʼzbekiston Respublikasining 2019 yil 10 maydagi “Davlat-xususiy sheriklik toʼgʼrisida»gi OʼRQ-537-son Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 apreldagi “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish toʼgʼrisida”gi 259-sonli qaroriga asosan “SARATON TUYA” masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Beshbuloq” madaniyat markazini davlat-xususiy sheriklik asosida rekostruksiya qilish va foydalanish boʼyicha tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha kontseptsiyasi taqdim etilgan.

Mazkur loyiha, Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Beshbuloq” madaniyat markazida musiqa va san’at to’garaglari, o’quv kurslari, tikuvchilik va milliy liboslar dizaynerlik to‘garagi, sport sog‘lomlashtirish zali, tadbir va marosimlar o’tkazish xizmatlarini ko‘rsatish rejalashtirilgan.

Tenderda qatnashish uchun tadbirkorlar tomonidan qiziqish bildirish uchun soʼrov va tendr takliflarini 2022 yil 24 mart kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 18.00 gacha topshirilishi kerak.

Qiziqish bildirish uchun soʼrov shakli.

Loyiha kontseptsiyasi.

Qiziqish bildirish uchun soʼrov va tendrlar (takliflar) quyidagi manzillarda qabul qilinadi:

Oʼzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi T.Shevchenko, 1-uy (dxsh.madaniyat@exat.uz).

Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi Toshkent shahar, Sh.Rashidov shox koʼchasi, 16-uy.

E-mail: pppinfo@ppp.mf.uz  AbduvoxidX@ppp.mf.uz Теl: 71-203-03-07 (701).

“DXSh toʼgʼrisida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun soʼrov va tender takliflari olingan taqdirda, Madaniyat vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabusskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender oʼtkaziladi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Matn o'lchami