DIQQАT E’LON! Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4804-sonli qarori respublikada mehnat bozorining samarali mexanizmlarini joriy qilish, aholining ishchanlik faolligini oshirish, kambag‘al va ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish, shu asosda ularni doimiy daromad keltiradigan mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish orqali bandligini ta’minlash maqsadida nodavlat kasb-hunarga o‘qitish muassasalarini tashkil etish ko’zdda tutilgan.
Toshkent shahar, Olmazor tumani hokimligiga tegishli Toshkent shahar, Olmazor tumani Taxtapul Darvoza ko’chasida joylashgan 4/2-son bo’sh turgan bino va tutash yer maydoni (392 kv.m.) davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida yoshlarni tadbirkorlik asoslariga o’rgatish, kichik va o’rta biznesni yuritish malakalarini berish, tadbirkorlik madaniyatini tarbiyalash, innovatsiya va menejment markazi faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.
Davlat-xususiy sheriklik loyihasi shartlari oz ichiga quyidagilarni oladi:
– davlat sherigi bilan kelishilgan loyiha hujjatlari asosida DXSh ob’ektida markaz tashkil etish uchun ta’mirlash va rekonstrulstiya qilish, shuningdek, ushbu muassasaning moddiy-texnik bazasini zamonaviy standartlarga mos ravishda tashkil etish;
– bitim amal qilish muddati davomida DXSh ob’ektini asosiy faoliyat turini o‘zgartirmagan holda foydalanish;
– DXSh ob’ektida bino va inshootlarni texnik va yong‘in xavfsizligi qoidalariga muvofiqlashtirilgan holda qurish, hamda bitim amal qilish muddati davomida ushbu qoidalar asosida rekonstruksiya va ekspluatatsiya qilish;
– bitim amal qilish muddati davomida ilg’or metodika ishlab chiqish va texnologiyalarni tadbiq etishni rivojlantirish.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tasdiqlangan davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasini potentsial davlat sherigi tomonidan boshqa talabgorlarga davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish maqsadida o‘zining hamda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytida qirq besh kalendar kun muddatda e’longa joylashtirdi.
Qiziqish bildirish uchun so‘rov shakli
Tenderda qatnashish uchun manfaatdor tomonlar qiziqish bildirish uchun so‘rov va tender arizalarini (takliflarini) 2022-yil 6-mart Toshkent vaqti bilan soat 18.00 gacha topshirishlari kerak.
Qiziqish bildirish uchun so’rov va tenderlar (takliflar) quyidagi manzilda qabul qilinadi:
- Toshkent shahri, Kichik xalqa yo’li ko’chasi, 1 uy (Toshkent shahar Olmazor tumani hokimligi).
Tel: 71-207-31-41 - Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, E-mail: pppinfo@ppp.mf.uz, Tel: 71-203-03-07
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tender arizalar (takliflar) olingan taqdirda, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkazadi.
Yangi sharhlar